Shveysariya tomonidan musodara qilingan Turkmaniston mablag'lari qaytariladi

0

Shveysariya musodara qilingan 1,3 million dollarni Turkmanistonga qaytaradi.Bu haqda Shveysariya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xabarida ta'kidlanadi, deyiladi O'zA axborotida.

“Noqonuniy qo'lga kiritilgan aktivlarni repatriatsiya siyosati tufayli Shveysariya Turkmanistonga 1,3 million dollarini qaytaradi. Bu pullar Shveysariyada musodara qilingan edi. Mazkur mablag'lar Turkmanistonda BMT Taraqqiyot Dasturi bo'yicha sog'liqni saqlash loyihalariga yo'naltiriladi”, deyiladi rasmiy ma'lumotda.

Xabarda ta'kidlanishicha, bu pullar Shvesariyaning siyosat bilan shug'ullangan shaxslarning noqonuniy ortirgan boyliklariga qarshi kurash strategiyasi doirasida musodara qilindi. Bu turkman siyosatchilarining noqonuniy topilgan pullarini musodara qilish va ularni Turkmanistonga qaytarish bilan bog'liq birinchi hodisa hisoblanadi.

 

azon.uz

loading...