POROShENKO TERGOVGA YaNA KELMADI. ENDI MAJBURLAB OLIB KELIShADI…

0

 

Ukraina Davlat tergov byurosi vakillarining ta'kidlashicha, mamlakat sobiq prezidenti Petr Poroshenkoga navbatdagi chaqiruv qog'ozi yuborildi. U faoliyati davomida tashqi razvedka xizmati rahbarining birinchi o'rinbosarini qonunga zid ravishda tayinlaganlikda ayblanmoqda. Ammo u yana tergovga kelmadi. Hozirgi paytda tergovchilar sobiq prezidentni majburan, kuch ishlatish yo'li bilan tergovga jalb etish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashmoqda. Vaholanki, Poroshenko tergovga hech qanday uzrli sabablarsiz tashrif buyurmagan. Ilgari uni ikki marta Donbass masalasidagi Minsk shartnomasi imzolanishi doirasida yo'l qo'ygan jinoyatlari uchun tergovga chaqirishgandi. Baribir kelmagan. Shuning bilan sobiq prezident tergov byurosining jami 27 ta chaqiruv amallarini inkor etgan. Endi uni kuch ishlatish yo'li bilan tergov byurosiga olib kelishadi.

 

loading...