Vatan va sevgi

0

Ular internetda tanishishdi. Uch yillik yozishmalardan so'ng bir-birisiz
turolmasliklarini tushunishdi. Ammo, bir “lekin”i bor edi. Yigit boshqa millat, qiz
o'zga ellik edi.
– Men vatanimni, uyimni tashlab ketolmayman, – dedi qiz. – Birga bo'lishimizni
istasangiz, o'zingiz keling! Shu yerda, mening diyorimda bir umr baxtli-saodatli
yashaymiz…
Yigit ko'p o'ylanmadi: darrov rozi bo'ldi. Ko'p o'tmay qizning qarshisida paydo bo'ldi.
– Sizga turmushga chiqolmayman, – dedi qiz poyiga cho'kkan yigitga qarab. – Vatanidan,
oilasidan bir zumda kechgan inson mendan qancha vaqtda kechib ketarkin? Ortingizga
qayting, sizni oq yuvib, oq taragan tuprog'ingizdan ayrilmang.

loading...