Kredit uchun garovga qo'yilgan xonadon auksionda sotildi va…

0

Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo'limining ish yurituvida fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tumanlararo sudining 16.08.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor P.Sh. undiruvchi AIKB “Ipak Yo'li” foydasiga 290 926 592 so'm kredit qarzdorligini undirish to'g'risidagi 15.08.2019 yil kuni bo'lim ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan shu kunning o'zida ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilingan hamda taraflarga yuborilgan.

Byuroning Mirobod tuman bo'limi tomonidan qarzdor P.Sh.ga pochta xizmatlari orqali 07.09.2019 yilda va takroran 20.09.2019 yilda chaqiruv qog'ozi bilan tanishtirilgan.

Qarzdor tomonidan ogohlantirilishlarga qaramasdan ijro hujjati ijrosi ixtiyoriy ta'minlanmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdorga tegishli bo'lgan Yakkasaroy tumanidagi Qushbegi massividagi xonadon tuman yer tuzish va ko'chmas mulk kadastr xizmati mutaxassisi va xolislar ishtirokida 02.10.2019 yilda garovga qo'yilgan. Yakkasaroy tumanidagi garovga qo'yilgan ko'chmas mulk ko'zdan kechirilgan va xatlanib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to'g'risida qaror qabul qilinib,  qarzdor P.Sh. pochta xizmati orqali ogohlantirilgan.

Elektron onlayn-auksionida ko'chmas mulk 250 120 000 so'mga sotilib, qolgan qarzdorlik AIKB “Ipak Yo'li” foydasiga to'liq undirilib berildi.

loading...