«Chegaralardagi xavf-xatarlar bir necha barobar oshdi desak, bu adolatdan bo'ladi» – Prezident

0

Kecha, 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Davlat chegarasini qo'riqlash va muhofaza qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan ishchi yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda Prezident hozirga dunyoda ro'y beryotgan voqealar va xavf-xatarlarni inobatga olib, chegaralar xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish kerakligini ta'kidladi.

“Biz ohirgi uch yilda hammma qo'shnilarimiz bilan chegaralrni ochdik. Mutlaqo boshqacha vaziyat paydo bo'ldi. Chegaralardagi xavf-xatar bir necha barobar oshdi desak, bu adolatdan bo'ladi. Chegara qo'shinlari xodimlari, rahbarlarini dunyo qarashini o'zgartirish bu birinchi masala. Ikkinchidan chegara qo'shinlarining rahbarlari ilmiy salohiyati va amaliy imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanish kerak. Qaerda ularni o'qitamiz? Kadrlar tayyorlashi tizimini qanday qilamiz? Eng katta masala informatsion texnologiyalarga e'tibor berish”, – dedi Prezident.

loading...