QAHRI QATTIQ ONADAN TUG'ILGAN GO'DAK… (yoxud harom baribir teshib chiqadi)

0

 

O'zbekistonlik Muxojon Karimova ismli ayol o'zi to'qqiz oy qornida ko'tarib yurib tuqqan bolasini ikki oylik bo'lganda Moskva shahar metrosi yoniga tashlab ketdi. Aytishlaricha, ayol 29 yoshda. Bolasini pulga qiynalganidan tashlab ketganmish. Advokatining aytishicha, ayol shu yo'l bilan bolaning hayotini saqlab qolishga uringanmish.

Karimovaning o'zi tan olib aytdiki, hozir kuchli ruhiy inqirozga tushib qolganmish. O'zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan. Ammo ish topa olmagan. Bir yigit bilan tanishgan va uchrashib yurgan. Undan homilador bo'lgan. Yigit uni tashlab ketgan. Bolani tuqqach, qurilishda ishlashga, shu bilan birga fohishalik qilib pul topishga majbur bo'lganmish. Topgan puli ijara haqi va bolaning ovqatidan ortmaganmish. Bolalar uylariga borganmish. Hech kim bolani olib qolishni istamaganmish. Shundan keyin go'dakni ko'chaga tashlab ketishga majbur bo'lganmish. Darvoqe, bola leykemiya xastaligi bilan tug'ilganmish. Albatta shunday tug'iladi. Ollohning xohishiga, irodasiga qarshi borganlar, haromdan qo'rqmaganlar yana qanday marhamat kutishlari mumkin? Nima bo'lganda ham harom onadan pok farzand tug'ilarmidi?

Hozirgi paytda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Karimova barcha ayblarini bo'yniga olgan. Uni qamoqqa olishgan. Tergov harakatlari boshlangan.

Astag'firillo!!!

 

loading...