ALLA PUGAChYoVA NEChA MARTA PLASTIK OPERASIYa QILDIRGANINI O'ZI HAM SANAMAGAN EKAN…

0

 

Rossiya estradasi malikasi, ajoyib xonanda Alla Pugachyova hayoti davomida necha marta plastik operatsiya stoliga yotganini o'zi ham sanamagan. Sanoqdan allaqachon adashib ulgurgan.

— Menga umumiy narkoz taqiqlangani sababli, — deydi Alla Borisovna. — Peshona va chakka qismlarimni kichik operatsiyalar qildirish orqali ajinlardan xalos etganman. To'g'ri, bunday operatsiyalarni kichik deb atagan bilan jon og'rishi haqiqat. Lekin mening terim juda yaxshi, injiq va qaysar emas. Qolaversa, plastik jarroh do'stlarim o'z ishining haqiqiy ustalari. Ular shu qadar professionalki, kerak bo'lsa, odamning qo'lini mahalliy narkoz bilan ham og'ritmasdan kesib tashlay olishadi.

Ochig'i, men shunaqa mayda plastik operatsiyalarning juda ko'pini boshdan o'tkazganman. Sanoqdan adashib ham bo'lganman. Ishqilib, sanog'i yo'q desa to'g'riroq bo'ladi…

Eslatib o'tamiz, hozir Pugachyova yoshi yetmishdan oshib ketganiga qaramay, Rossiya bo'yicha o'z chiqishlari uchun eng ko'p haq to'lanadigan xonanda hisoblanadi.

 

loading...