Amerika Suriyaga 300 dan ziyod mashinada qurol-yarog' jo'natdi…

0

 

Shu haqda Rossiyaning Suriyadagi yovlashgan tomonlarni yarashtirish markazi rahbari kontr-admiral Oleg Juravlev rasman ma'lum qilgan. Juravlevning gapiga ko'ra, Amerika 2020 yil yanvaridan to shu kunga qadar Iroqdan 13 ta harbiy kolonnani Suriyaga yo'naltirgan. Kolonna 80 tadan ko'proq bronetexnika, 300 dan ziyod qurol ortilgan mashinalardan iborat. Bu qurollar esa turk harbiylari va Suriyadagi tinch aholi vakillarini o'qqa tutish maqsadlariga xizmat qilmoqda. Qurolning aksariyati jangarilarga sotilmoqda.

Fevral avvalida Xaseke viloyatida AQSh harbiylari va suriyalik tinch aholi vakillari o'rtasida to'qnashuvlar yuzaga kelgan. Odamlar bronemashinalarda o'tirgan harbiylardan tezroq yurtidan ketishni talab qilishdi. Bunga javoban Amerika harbiylari ularga qarata o't ochgan. Oqibatda bir o'smir halok bo'lgan. Yana bir erkak og'ir yaralangan. Qolgan odamlar ham qarab turishmadi. Amerikaliklarni o'qqa tutishdi. Mashinalarga o't qo'yishdi.

 

loading...