MIB bank foydasiga uch yarim milliarddan ortiq qarzdorlikni undirdi

0

Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi ish yurituvida qarzdor “TEHNOLOGY PROFIL” MChJdan undiruvchi ChAKB “Hamkorbank” foydasiga kredit qarzini undirish to'g'risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Aniqlanishicha, ijro hujjati bo'lim ish yurituviga 25.09.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 23- va 86-moddalariga asosan ijro hujjatini qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

14.11.2019 qarzdorga kredit qarzini to'lash majburiyati yuklatilgan, bu haqda qarzdordan majburiyatnomalar olingan.

25.09.2019 yilda davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli hamda qarzdor tomonidan garovga qo'yilgan “Hyundai Sonata”, “EPICA”, “KAMAZ” avtotransportlari, ishlab chiqarish uskunalari va qarzdorga tegishli bino  xatlangan.

09.12.2019 yilda qarzdorga qarzdor tomonidan qarzdorlik 10 kunlik muddatda to'lanmagan taqdirda xatlangan mulklar auksion savdolariga chiqarilishi to'g'risida ogohlantirish xati ham yuborilgan.

Ijro harakatlari natijasida 27.12.2019 yilda ChAKB “Hamkorbank” foydasiga  jami 3 mlrd 482 mln 200  so'm miqdorida kredit qarzdorligi undirilib berildi va  ijro hujjati tamomlandi.

loading...