Denovdagi savdo majmuasida yong'in yuz berdi. 18 ta savdo ob'yekti yonib ketdi

0

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi savdo majmualarining birida 24 fevral kuni soat 05:37 da yong'in sodir bo'ldi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko'ra, savdo majmuasi «Bahoriston» mahallasi Mustaqillik yeo'chasida joylashgan bo'lib, yong'in 2 qavatli binoning 2-qavatida yuz bergan.

Oqibatda, 18 ta savdo ob'yekti, umumiy maydoni 630 metr kvadrat qismi yong'indan zararlangan.

Voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong'in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida binoning 1 680  metr kvadrati yong'indan saqlab qolingan.

Tan jarohati olganlar yo'q. Yong'in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

loading...