Bojxonachilar «shokolad»ni pullashga uringan shaxsni  qo'lga olishdi

0

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo'limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbirni o'tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo'mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida fuqaro J.T. G'ijduvon tumanida shartli xaridorga 2,32 gramm  “Gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo'lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

loading...