Rossiya Suriyaga o'zining eng tezkor razvedkachi samolyotini yo'lladi…

0

 

Rossiya harbiy fazo kuchlariga tegishli bo'lgan «Tu-214R» razvedkachi samolyoti Suriyaga yuborildi. Olis masofalarga uchish uchun moslashgan bu samolyot Suriyaning Idlib viloyati tepasidan uchib o'tib, Xmeymim aviabazasiga qo'ndi. Ushbu samolyot Suriyaning Idlib viloyati hududida razvedka ishlarini olib boradi.

2016 yili ham xuddi shunday samolyot Suriyaga uchirilgandi. Xmeymim aviabazasida ikki hafta turgach, yana ortga qaytarilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Rossiya ixtiyorida xuddi shu rusumda ikkita samolyot mavjud. U barcha zarur radiotexnika razvedkasi anjomlari bilan jihozlangan. Samolyot salonidagi georadar yer ostidagi ob'yektlarni ham sira qiynalmasdan aniqlash imkonini beradi.

 

loading...