Shavkat Mirziyoyev Erdog'anni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

0

Bugun, 26 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

Prezident matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, do'st Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

Prezident Rajab Toyyib Erdog'anning mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy o'rni alohida qayd etildi. Davlatlar o'rtasidagi do'stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo'shgan katta hissasi yuksak baholandi.

Shuningdek, prezidentlar shu oy Turkiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

loading...