Ta'ziya: Mashhur aktyor G'aybulla Hojiyev vafot etdi

0

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist G'aybulla Hojiyev 63 yoshida olamdan o'tdi.

Ko'pgina rollar bilan insonlar qalbidan joy olishga ulgurgan aktyor hayoti davomida ijoddan uzilmagan edi.

U 1976 yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987 yildan Hamza nomidagi o'zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan. Qolaversa dublyaj sohasida ham faoliyat olib borgan.

G'aybulla Hojiyevni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin!

 

loading...