Turkiya elektron sigaretlarni olib kirishni taqiqladi

0

Turkiya elektron sigaretalar, elektron chilim, ularning tarkibiy qismlari va chekish uchun aralashmalarini qonuniy ravishda taqiqladi. Bu haqda mamlakatning savdo vaziri Ruhsar Pekjan o'zining Tvitterdagi mikroblogida ma'lum qildi.

«Bugun prezident Rejep Tayyip Erdog'an tomonidan rasmiy ravishda imzolangan elektron sigaretalar va qalpoqchalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek ular uchun chekadigan aralashmalarning olib kirishini taqiqlovchi qonun rasmiy ravishda e'lon qilindi», deb yozadi tvitda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQShda veyping ishtiyoqmandlari orasida o'pka va nafas olish tizimi kasalliklari tarqalishi haqida xabar tarqalgan edi.

loading...