XABAROVSKDA 1943 YILI BEDARAK YO'QOLGAN O'ZBEK JANGChISINING MAKTUBI TOPILDI…

0

 

Xabarovsk o'lkasining Rakitnoe qishlog'ida 1943 yili bedarak yo'qolgan o'zbekistonlik qizil armiya jangchisi Igor Astashinning maktublari joylangan quticha topildi. Mahalliy madaniyat uyi vakillari jangchining qarindoshlarini chaqirib, qishloqning o'zida ko'rgazma tashkil etishni xohlashgandi. Ammo bu qishloqda jangchining yaqinlari topilmadi. Konvertlardagi manzilda O'zbekiston qayd etilgan. SSSR mudofaa vazirligining maxfiylashtirilgan arxivi ko'zdan kechirilganda, Igor Astashin o'qchilar polkining vzvod komandiri ekanligi aniqlandi. 1943 yili askar bedarak yo'qolgan. O'shanda u 20 yoshda bo'lgan.  Ma'lum bo'ldiki, Igor Astashin maktublarning barchasini Namangan viloyatiga yuborgan. Xabarovskdagi o'zbek diasporasi vakillari Igor urushdan oldin o'qigan rus maktabiga ham so'rovnoma jo'natishdi. Igorning onasi xuddi shu maktabda direktor vazifasida ishlagan ekan.

 

loading...