Misli ko'rilmagan ofat: Avstraliya o'rmonlarining 21 foizi yonib ketdi

0
Thick plumes of smoke rise from bushfires at the coast of East Gippsland, Victoria, Australia January 4, 2020 in this aerial picture taken from AMSA Challenger jet. Australian Maritime Safety Authority/Handout via REUTERS THIS IMAGE HAS BEEN SUPPLIED BY A THIRD PARTY. NO RESALES. NO ARCHIVES. MANDATORY CREDIT.

Avstraliyada taxminan 6 oy davom etgan va 33 kishining o'limiga sabab bo'lgan yong'inlar mamlakatdagi o'rmonlarning 21 foizini yo'q qildi. 

G'arbiy Sidney universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra, yong'inlarda qariyb 11 million gektar maydondagi o'rmon va butazorlar yonib kul bo'ldi. Bundan tashqari, 1 milliard hayvon qirilib ketgani taxmin qilinmoqda.  

O'rmon yong'inlari 2019 yilning sentyabrida Yangi Janubiy Uels shtatida boshlanib, Kvinslend, Viktoriya va Janubiy Avstraliya shtatlariga tarqaldi.

Olimlar o'rmon yong'inlarini “dunyo bo'yicha misli ko'rilmagan ofat” deya baholadi. 

loading...