Suriya ikkiga bo'linadimi?

0

Turkiya armiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan Suriya muxolifati bugun, 27 fevral kuni Sarakib shahrini egalladi. Bu esa Suriya hukumati qo'shinlarini erkin harkatlanishiga jiddiy to'sqinlik qiladi. Chunki Sarakib shahri orqali Damashq-Xalab avtomagistrali o'tgan.

«Sarakib shahri Asad armiyasidan butunlay ozod qilindi», dedi muxolif kuchlar matbuot kotibi Naji Mustafo.
Ikki hafta oldin, Suriya hukumati M5 Xalqaro magistiral yo'li chorrahasida joylashgan bu shaharni muxolifat kuchlaridan qaytarib olgandi . Aynan shu g'alaba hukumat armiyasi uchun katta burilish yasagandi. Shundan so'ng, Suriya hukumati armiyasi birin-ketin Xalab va Neyrab shaharlarini qayta nazoratga oldi. Lekin ko'p o'tmay Neyrab shahri qo'ldan chiqdi.

Biroz vaqt o'tgach, Idlibni nazorat qilib turgan Turkiya Respublikasi qo'shinlari Suriya muxolifatini qo'llab-quvvatlashini aytib, keyingi maqsadi Idlibni qo'lga kiritish bo'lgan Suriya hukumatiga qarshi urush harkatlarini boshladi.

Bunday harbiy yordamdan unumli foydalangan Suriya muxolifati ikki kun oldin Sarakib shahriga chegaradosh bo'lgan Neyrab qishlog'ini egalladi.

Muxolif kuchlarning ma'lum qilishicha, hukumatga qarshi kuchlarning keyingi nishoni Idlib janubidagi shahar va qishloqlar hisoblanadi.

Xalqaro hamjamiyatning fikricha, agar bu urush vaqtida to'xtatilmasa, Suriya Arab Respublikasi ikkiga bo'linib ketishi ehtimoli bor.

Nurulloh Sharipov

loading...