O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 7 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun qo'y burji vakillarining ko'pchiligi go'yo muallimga aylanishadi. Bolalar tarbiyasi, atrofdagilarga ma'naviyatdan qisqa darslar berish sizga ham juda yarashib tushadi. Ammo bu ishni amalda isbotlashingiz lozim. Quruq gap bilan atrofdagilarning ishonchiga kira olmaysiz. Bolalaringiz uchun xuddi yaqin do'stga aylaning. Ularni tarbiyalashda haqiqiy pedagogik usullarni qo'llang. Bugun jismoniy mehnatdan tiyilishingiz kerak. Organizmingizni zo'riqtirib qo'yishingiz mumkin.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

7 mart kuni moliyaviy muammolaringizning bartaraf etilishi juda qiyin kechadigan bo'lib turibdi. Xavotirlar zabtiga olishi mumkin. Lekin bundan fojia yasashingiz ham noto'g'ri bo'ladi. Dunyoda bitmaydigan ishning o'zi yo'q. Ertami-kechmi baribir ijobiy natijaga erishasiz albatta. Muhabbatda omad siz tomonda. Ayniqsa, oila qurmagan bo'lsangiz, sizni bu sohada bahoriy tuyg'ular qurshab oladi. Garmoniya kechga qadar sizni tark etmaydi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Neki tashvish boshingizga yog'ilsa, faqat o'zingizni ayblashingiz lozim. Shunda sergak tortasiz. Birovlarni o'z xatolaringizda ayblashdan tiyiling. Ayollar va qizlar kunning ikkinchi yarmida bayramoldi amallarni ado eta boshlashsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Tashqi qiyofangizga bahoriy tus bering. Yosharishga harakat qiling. Bu ishda sizga yetuk mutaxassislar albatta yordam berishadi. Kechqurun yolg'izlarni romantik uchrashuv kutadi. Siz bahoriy pozitivga ega chiqasiz. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

7 mart siz uchun juda ajoyib va yoqimli kechishi kutilmoqda. Faqat o'zingizni daho deb hisoblamang. Aks holda nufuzli shaxslar qarshisida obro'yingizni yo'qotib qo'yishingiz hech gap emas. Iste'dodingizni kamtarona ko'rinishda barchaga namoyish eting. Kechki payt yolg'izlarni romantik lahzalar kutib turadi. Sizni o'zingiz suygan inson romantik ko'rinishdagi kechki ovqatga taklif etishi mumkin. Uchrashuvdan aslo voz kechmang. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Ertalabdan yolg'iz qolishni ixtiyor etasiz. Kechqurunga borib bu yolg'izlik siz uchun qahraton qishga aylanadi. Shuning uchun yolg'izlikdan tezroq qochish payida bo'ling. Yaxshiki, sevgan ishingiz bor. U bilan andarmon bo'lishingiz mumkin. Ish barcha tashvishlarni va yoqimsiz lahzalarni nari haydaydi. Agar pul keladigan yangi manbani topa olsangiz, bugun moddiy ahvolingiz yaxshidan ham yaxshiroq kechadi. Shaxsiy avtomobilingizni boshqarayotib telefon orqali birovlar bilan gaplashmasligingiz tavsiya etiladi.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

7 mart kuni o'zingizni o'zingiz yeb bitirish payida bo'lasiz. Qachonlardir yo'l qo'yilgan xatolarni eslab vijdon azobini boshdan kechirishingiz mumkin. Lekin hayot davom etmoqda. Har jabhada faqat plyuslarni-da ko'rishga harakat qiling. Hayot sinovlaridan nolimang. Ollohning sinovlari bu. Kunning ikkinchi yarmida ayrim xatoliklarni tuzatish imkoni tug'iladi. Kimlar bilandir janjallashgan bo'lsangiz, yarashasiz. Yolg'izlar o'z muhabbatini tasodifan uchratib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun o'zingizni rosmana baxtli his eta boshlaysiz. Bu tuyg'ular qalbingizni erta tongdayoq chulg'ab olishi kutilmoqda. Martabangizni, lavozimingizni yuqorilatish masalasini ortga surib turishingizga to'g'ri keladi. Ish bilan shug'ullaning. Shaxsiy biznesiga ega bo'lganlarning ayrimlariga sherikchilik takliflari kelib tushishi mumkin. u takliflar haqida yolg'iz qolgan holda yaxshilab mulohaza qilishingiz zarur bo'ladi. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o'tkazishingiz tavsiya etiladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

7 martda shaxsiy hayotingizda tashvishli lahzalarni boshdan kechirishingiz kutiladi. Lekin xotirjamlikni qo'ldan bermasligingiz zarur bo'ladi. Oiladagilar bilan xuddi shunday xotirjamlikda muloqot qiling. Ularga ojiz jihatlaringizni qayta namoyish etishingizdan foyda yo'q. Yolg'onchi va qasamxo'rlardan ehtiyot bo'ling. Ular qulay fursat topdi deguncha sizni chuv tushirib ketish payida bo'ladi. Kechqurun ayrim do'stlarimizning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi kutilmoqda. Umri bilan bergan bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun ertalab faylasuflarcha fikrlay olsangiz, omadingiz kelgani o'sha. Dam olish kuni bo'lsa, toza havoda piyoda sayr qilishingiz mumkin. Do'stlar bilan uchrashing. Kun sizga yomonliklar hadya etmoqchi emas. Oilali bo'lsangiz, tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilmang. Berilsangiz, ko'p o'tmay bu sarguzasht sho'ringizga sho'rva bo'lib to'kilishi tayin. Yolg'iz bo'lsangiz, tanishgan insoningiz bilan munosabatlarni mustahkamlash harakatiga tushing.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

7 mart kuni birinchi navbatda zararli odatlardan xalos bo'lish yo'llarini qidiring. Ishxonangizdagi hamkasblar siz o'ylab topgan ish usullarini ko'rib hayratdan yoqa ushlaydi. Buning ustiga yirik loyihalardan birini qisqa fursatda yakunlagan bo'lib chiqasiz. Bu ham ish joyingizdagi o'rningizni yanada mustahkamlaydi inshoolloh. Muhabbatda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Rashk va turli xavflar ta'qibi ostida qolishingiz mumkin. Salomatligingizni ehtiyot qilishingiz tavsiya etiladi.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Bel va bo'yin qismida anchadan beri og'riq tuyib kelayotganlar uqalash muolajalarini olishlari tavsiya etiladi. Ayniqsa bir joyda o'tirib ishlaydiganlar uchun bu muolajalar juda zarur. Ayollar va qizlar kosmetolog hamda sartaroshga chiqib kelishlari faqat foyda beradi. Tashqi ko'rinishingizga o'zgartish kiritish niyatida bo'lsangiz, go'zallik salonlaridagi mutaxassislarga ishonsangiz bo'ladi. Oilalilar kun davomida bolalar tashvishi, ro'zg'or ikir-chikirlari bilan yugurib-elishlariga to'g'ri keladi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

7 martda osmondagi yulduzlarni uzib olishga urinmang. Hayotga, atrofga real ko'z bilan boqing. Hayotiy tajribangizdan kelib chiqib atrofdagilarga nisbatan munosabat yuriting. Moliyada katta daromad kutishingiz noto'g'ri. Ammo pulsiz ham qolib ketmaysiz. Bayram arafasida sovg'alar va bayram tashkil etish uchun pullaringiz yetarlidan-da ko'proq bo'ladi. Kim bilandir uchrashuv belgilagan bo'lsangiz, bugun uchrashuvni ortga sursangiz kerak. Suhbati siz uchun zerikarli tuyulganlar bilan tillashmaganingiz ma'qul.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...