MART OYIDA EGIZAKLAR, ARSLON VA PARIZOD BURJI VAKILLARINI NIMA KUTADI?..

0

 

Mart oyida Egizaklar burji vakillari birinchi bo'lib martabani oshirish masalasida bosh qotirishlari kerak. Yo'lingizda paydo bo'ladigan muammolarni noan'anaviy usullar yordamida hal eting. Hayotga konservativ nazar bilan boqishdan saqlaning.

Mart oyi ko'pchilik egizaklar burjida tavallud topganlarga faylasufona fikrlash imkoniyatlarini taqdim etishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishda mayda ko'ngilsizliklar ko'zga tashlanadi. Yangi ish qidirishga shoshilmang. Mart oyi oxirida sizni albatta muvaffaqiyatlar kutadi. Mo'may daromaddan ham xuddi o'sha mahal umid qilsangiz bo'ladi.

Arslon burji vakillari professional kasbi bilan bog'liq ishlarni bajarishda muvaffaqiyatlar qozonadi. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar yuzaga kelishi ehtimolga yaqin. Ishxonada hamkasblar, rahbarlar bilan janjallasha ko'rmang.

Arslon burji ostida tug'ilgan ayollarning kam maosh oladiganlari biroz qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu yirik korxonalarda ishlovchi ayollarga tegishli. Mayda korxonalarda mehnat qiluvchilar qiyinchiliklarga ro'baro' bo'lmaydi.

Pulning ketidan quvishni to'xtating. Taqdirda boriga shukr qiling. Ishga ijodiy yondashing. Shunda oy oxiri siz uchun baxt va pulga boy lahzalarni taqdim etadi.

Parizod burjining ayrim vakil va vakilalari mart oyi birinchi yarmida muhabbat masalasiga asosiy e'tiborni qarata boshlashlari kutiladi. Shuning natijasida asosiy ishga bo'lgan e'tiboringiz susayadi. Yolg'izlar bir nechta variantlar qarshisida qolishadi. Sizda bo'lg'usi juftingizni tanlash imkoniyati tug'iladi.

Erkaklarning oilalilaridan faqat juftinigina sevish so'raladi. Tashqarida ishqiy sarguzashtlarga berilishdan tiyiling. Oxiri yaxshi bo'lmasligi mumkin. Oila qurishga ulgurmaganlar chayon burji ostida tavallud topgan inson bilan tanishishlari ehtimolga yaqinroq. U sizning qalbingizni zabt etish uchun astoydil harakat qiladi. Ammo biling, u o'ta ayyor va dog'uli. Sizga erishgandan keyin mehribonlik, muloyimlik kabi xislatlarni chetga irg'itadi-da, qo'poldan qo'polga aylanadi qoladi.

Olloh sizga yor bo'lsin!!!

Vasilisa VOLODINA

loading...