QO'Y VA BUZOQ BURJI VAKILLARINI MART OYIDA NIMA KUTADI?..

0

 

Qo'y burji vakillariga mart oyida albatta omad kulib boqadi. Siz ishda ham, shaxsiy hayotda ham irodangiz mustahkamligini amalda isbotlashingiz zarur bo'ladi.

Yirik tashkilotda ishlaydigan ayollar bu oyda stress holatini boshdan kechirishi mumkin.

Lekin siz uchun baribir oila birinchi o'rinda qolaveradi. Yolg'izlar oila qurish harakatiga tushishadi. Yoqtirib qolgan inson bilan mustahkam munosabatlar qurish niyatida yelib-yugurishadi.

Agar mart davomida ish masalasida omadsizlikka uchrashni istamasangiz, ishxonangizdagi rahbarlar bilan yanada qalin bo'ling.

Omad sizga yor bo'lsin!

Buzoq burjida tavallud topgan ayollar mart oyi davomida omad dengizida cho'milib, zerikish, stress neligini bilmay vaqt o'tkazishlari kutilmoqda. Hali turmushga chiqmagan qizlardan kimlardir orzusidagi, boshqacharoq aytganda, idealidagi yigitni uchratishi ehtimolga yaqin. Orangizdagi suhbatlar intellektual jihatdan juda yuqori kechishi tayin. Sizni asosan chayon, qo'y, o'qotar, tog' echkisi burji vakillari ko'proq rom etadi.

Ishda jinsingizdan qat'i nazar tajribali hamkasblar maslahatiga quloq tutishingiz talab etiladi. Ular sizga jiddiy to'siqlarni yengib o'tishingizda katta yordam beradi.

Buzoq burjida tug'ilgan erkaklar ko'proq vaqtini barlarda, klublarda kechirishi, yengil tabiatli ayollarga xushomad qilishga oshifta bo'lishlari haqiqatga yaqin.

Xudo ko'rsatmasin! Astag'firillo!!!

Vasilisa VOLODINA

loading...