O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 9 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

9 mart kuni chigal vaziyatlarga, tushkun kayfiyatga e'tibor qilib o'tirmang. Undan ko'ra shaxsiy hayotingizda ijobiy o'zgarishlar yasash haqida qayg'uring. Bir joyda o'tirib omadni kutganingiz bilan kelib qolmasligini bilasiz. Ishda juda faol bo'ling. Ayniqsa, tushkun kayfiyatda qolsangiz, faollik, mehnat sizni chalg'itadi va pozitiv hadya etadi. Moliyaviy masalada birovlarga ishonib qolmang. Toki o'zingiz harakat qilmas ekansiz, pul baribir osmondan tushib kelmaydi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugungi kuningiz tashvishli lahzalarga boy bo'lishi, o'zingizga bo'lgan ishonchga nisbatan qalbingizda shubha uyg'onishi kutiladi. Agar bularning barchasi o'zingizni yomon his etayotganingiz tufayli yuz bersa, darhol kerakli dorini ichib olishingiz kerak. Pul tufayli tashvish chekayotgan bo'lsangiz, bekor qilasiz. Kechqurunga yaqin qo'lingizga albatta pul tushadi inshoolloh. Mo'may bo'lmasa ham har holda kissangiz qurib qolmaydi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

9 martda ayrimlar ertalabdan jufti bilan adi-badi aytishib qolishi mumkin. Janjal yo'q joydan paydo bo'ladi. Shunday ekan, biringiz past kelsangiz, osmon uzilib yerga tushmaydi. Bir marta janjal chiqqan uydan qirq kun baraka qochadi. Shuni unutmang. Siz haq bo'lsangiz, juftingizga shu matalni uqtirib qo'ying. Siz ham xarakteringizni yaxshi tomonga o'zgartirishga harakat qiling. Muntazam badartarbiya bilan shug'ullanish, parhez qilish sizga jismonan tetik bo'lishingizda yordam beradi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Agar bugun shaxsiy va moliyaviy muammolar yo'lingizga ko'ndalang bo'lsa, aybni faqat o'zingizdan qidirishingiz tavsiya etiladi. Ayrimlar pozitiv topa olmaslik natijasida uydan ko'chaga chiqmay divanga yastanib olishlari mumkin. Ammo hayot davom etmoqda. Toza havoda sayr qilish, romantik uchrashuvlar bugun ajoyib tarzda kechishi mumkinligini unutmang. Ayniqsa, tadbirkorlarning kuni tug'adi. Daromad mo'may bo'ladi, ishoning.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

9 mart kuni ishlaringizda jiddiy to'siqlar paydo bo'ladi. Yolg'iz qolishni xohlay boshlaysiz. Ba'zilar sportzalga yo'l olish harakatiga tushadi. Juda to'g'ri yo'l. Sport sizga har jihatdan yordam beradi. Kayfiyatingizga pozitivlik baxsh eta bilsangiz, har bir mashq sizga faqat huzur ato etadi. Salomatligingiz haqida ko'proq o'ylang. Ovqatlanish rejimini aslo buza ko'rmang. Oshqozoningizda muammo yuzaga kelishini istamasangiz, ko'cha ovqatini tanovul qilmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Zinhor oqimga qarshi suzmang. Emotsiyani nazoratga oling. Tadbirkor bo'lsangiz, ish yuzasidan belgilangan uchrashuvlarni ham ortga suring. Muhabbatda ham ayrim chigalliklar ko'zga tashlanadi. Bu muammoni aqlni ishlatgan holda bartaraf etish lozim. Shaxsiy biznesiga egalar agar omad kulib boqishiga ishonishmasa, yirik hajmdagi mahsulotlarga katta pul tikmasligi tavsiya qilinadi. Surunkali xastalikka chalinganlar muolajalar haqida o'ylab ko'rishlari kerak. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

9 martda qisqa vaqt bo'lsa-da, yettinchi osmonlarda parvoz qilishingiz, orzular ummoniga sho'ng'ib ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Me'yorida bo'lsa bas. Shubhalanayotgan bo'lsangiz, yangi ishlarga qo'l urmang. Kimki bugun lotereya chiptasi sotib olsa, yaqin kelajakda katta pul yutib olishi ehtimoldan xoli emas. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Tushlaringiz sokin va yorqin kechishini xohlasangiz, uxlashga yotishdan oldin sut yoki qatiq iching. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Ertalab uyqudan turiboq yangi maqsadlarni ko'zlay boshlashingiz talab etiladi. Ammo ularga yetishingizning imkoni bo'lsin. Hayotda yetib bo'lmaydigan maqsadlarni ko'zlashdan foyda yo'q. Bekorga vaqt yo'qotganingiz qoladi. Kunning ikkinchi yarmida do'stlardan biri bilan bo'lib o'tadigan suhbat siz uchun juda foydali kechadi. Suhbat sizni optimizmga to'yintiradi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda birovlar yordamiga tayanmang. Mustaqil tarzda o'zingiz hal eting.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

9 mart kuni ko'plab loyihalarni tushga qolmasdan qoyillatib bajarishga ulgurasiz. Bu ishda hamkasblardan biri sizga yaqindan ko'maklashadi. Hatto professional kasbingiz bilan bog'liq ishingizda malaka oshirishingizda ham xuddi o'sha hamkasbingiz yordam qo'lini cho'zadi. Muhabbatda muammolar ko'zga tashlanmaydi. Yuksaklarni ko'zlayotgan bo'lsangiz, adashmabsiz. Ayrimlar bugun kechqurun sayohatga otlanishi mumkin. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Tushunmaydigan ishlarga umuman yaqinlashmasligingiz so'raladi. Hatto, bir nechta oliy ma'lumot haqida diplomingiz bo'lsa ham baribir tushunmaydigan ishlarga yaqinlashish befoyda. Vaqt yo'qotasiz. Bu asosiy ishlaringiz bajarilishiga jiddiy xalal ham beradi. Tushuning, bajarilishi mumkin bo'lmagan ishlar sizniki emas. Ishda ham tez-tez dam olishni unutmang. Shaxsiy hayot bilan shug'ullanishga-da vaqt ajrating. Oilasiz bo'lsangiz, idealingizdagi insonni uchratish harakatiga tushing. Uchratgan bo'lsangiz, munosabatlarni mustahkamlashga kirishing.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

9 martda atrofdagi har bir katta-kichik hodisalar jahlingizni qo'zg'ata boshlaydi. Bu shaxsiy hayotga tegishli. Bu hayotni to'g'rilashga harakat qiling. Kayfiyatingizga o'zingizdan boshqa hech kim pozitiv hadya etmaydi. Agar biror yangi ishga qo'l urish niyatida bo'lsangiz, oldin rejani puxtalab olishingiz tavsiya etiladi. Kechqurun bir odam bilan uchrashasiz. U siz uchun qimmatli bo'lgan xabarni yetkazishi kutilmoqda. O'zingizni ehtiyot qiling. Hasadchilar nazaridan saqlaning.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Bugun ertalab uyqudan uyg'onib, yoqimsiz xabar eshitishingiz mumkin. Bu xabar kayfiyatingizni yomonlashtirib, jismoniy holatingizga salbiy ta'sir ko'rsatishidan saqlaning. Har bir hodisani hazil va xotirjamlik yordamida qabul qiling. Sevishganlar nostalgiya holatiga tushib qolishadi. Ya'ni, o'tmishdagi shirin xotiralar qalbingizda qayta uyg'onib, sizga garmoniya hadya qiladi. Juftingiz bilan munosabatlar a'lo darajada bo'ladi. Bardam bo'ling.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...