MART OYIDA TAROZI VA O'QOTAR BURJI VAKILLARINI NIMA KUTADI?

0

 

 

Mart oyi tarozi burjida tavallud topganlarga xilma-xillikni taqdim etmaydi. Faqat havoning o'zgaruvchanligigina siz uchun yangilik bo'lishi mumkin. Havoning isiy borishi hali oila qurmaganlarni yanada romantikka aylantiradi. Orzular ummonida suzishdan tiyila olmaysiz. Ayrimlar mart oyi davomida qandaydir yovvoyi tortgandek odamlarga qo'shilishni istamas holatga tushadi. Faqat ish va yana ishga sho'ng'ishni ixtiyor etasiz.

Ba'zilarga mart oyi aksincha ta'sir qiladi. Siz tinimsiz odamlar sari talpinasiz. Shu yo'l bilan oilaviy tashvishlardan qochmoqchi bo'lasiz. Tarozi burji vakillari Chayon, Tog' echkisi, O'qotar burjida tug'ilganlar bilan mart oyi davomida negadir kelishi olmasligi mumkin. Bu oyda tarozi burji vakillari uchun moliyaviy masala jiddiy muammoga aylanmaydi. Kissangiz qurib qolmaydi. Asosiysi shu emasmi? To'g'rimi?

O'qotar burji ostida tavallud topganlar mart oyida birinchi bo'lib yolg'izlikdan o'zlarini olib qochishlari tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotda jiddiy to'siqlar ko'zga tashlanmaydi. Yolg'izlar mart oyidan romantik tanishuv umid qilmasalar ham bo'ladi. Oy davomida ko'pchilik uy, mashina ta'miri bilan ko'p vaqt yo'qotishi mumkin. Xususiy mulk oldi-sotdisini mart oyida amalga oshirmaganingiz ma'qul. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz yoki inqirozga yuz tutasiz. Siz tog' echkisi va baliq burji ostida tug'ilganlar bilan munosabatda juda ehtiyot bo'ling.

OMAD SIZGA YoR BO'LSIN!!!

Vasilisa VOLODINA

loading...