O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 10 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

10 mart kuni uyqudan mashina sotib olish orzusi bilan uyg'onishingiz mumkin. Agar shunday bo'lib chiqsa, shoshilmaganingiz ma'qul. Chunki buning uchun hali ko'p ter to'kishingiz kerak bo'ladi. Moliya sohasida ishlovchilar va tadbirkorlar hujjatlarni kovlashtirish bilan ko'p vaqt yo'qotishlari kutiladi. Lekin shunga yarasha foydasini ham ko'rasiz. Bu hujjatlar daromad manbai, axir. Yaqin orada mo'may daromaddan umid qilavering. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Ertalab o'tgan kunlardagidan qolib ketgan ayrim masalalarni ijobiy hal etib qo'yishingiz talab etiladi. Agar idorama-idora chopish kerak bo'lsa chopasiz. Shundan bo'lak ilojingiz ham yo'q. Moddiy ahvolingiz ko'ngildagidek kechmasligi mumkin. Kechqurun ba'zilar yolg'iz qolib yaqin o'tmishdagi xotiralar ummoniga g'arq bo'ladi. Yolg'iz bo'lsangiz, oila qurish haqida jiddiy o'ylab ko'rmasangiz bo'lmaydi. Tanlaganingiz bo'lmasa, ko'chaga chiqing. Bugun idealingizdagi insonni uchratish imkoniyati bor.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

10 martda ishchanlik kayfiyatiga ega bo'lish uchun bir chashka kofe ichib olsangiz ham ziyon qilmaydi. Shu zahoti sergak tortasiz. Juda bo'lmasa, yuz-qo'lingizni muzdek suvda chaying. Musiqa eshiting. Mehnatdan qochmaydiganlar kerak bo'lsa yo'q joydan imkoniyat topadi. Juftingiz bilan munosabatlarda horg'inlik ko'zga tashlanishi ehtimolga yaqin. O'zingiz harakat qiling. Romantika o'ylab toping. Hammasi joyiga tushadi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Kuningiz ham notinch, ham kamtarona kechadi. Bu sizni omadga yetkazadi inshoolloh. Balki boshqa bir sohada omadga erishishni istagandirsiz. Ammo boshqa sohada omadga erishasiz. Nima farqi bor? To'g'rimi? Ayrimlarga havoning o'zgaruvchanligi salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Jismoniy holatingizda salbiy manzaralar namoyon bo'ladi. Shamollashingiz yoki gripp yuqtirishingiz ehtimoli bor. Bu masalada sizga faqat vrach yordam bera oladi.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

10 mart kuni sizni turli xavfli vaziyatlar ta'qib etishi ehtimolga yaqin. Kimlardir sizni chuv tushirishi yoki aldab ketishi mumkin. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimiz esa aksincha muvaffaqiyatlar qurshovida bo'lishadi. Biznes sizga mo'may daromadlar, bahoriy kayfiyat ato etadi. Muhabbatda faqat dangasalik qilmagan yolg'izlar baxtini uchratishi kutiladi. Dangasalik qilsangiz, shubhasiz baxtdan mahrum bo'lasiz. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Bugun ishga tushishdan oldin o'zingiz uchun qisqa tanaffus e'lon qiling. Xabarlarning cheki bo'lmasligi mumkin. Ularni tanlab qabul qiling. Muhabbatda faqat muvaffaqiyatli lahzalar sizga hamrohlik qiladi. Ular moddiy ahvolingiz yaxshilanishida ham naf beradi. Yolg'iz bo'lsangiz, orzuingizdagi insonni uchratasiz. Lekin dastlabki uchrashuvdanoq xulosa chiqarishga shoshilmang. Bir-biringizni yaxshilab o'rganishingiz kerak. Og'ir hazm bo'luvchi taomlardan qoching.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

10 martda shu paytgacha bekorga ter to'kmaganingizni anglab yetasiz. Ishlaringiz natijasi daromadda ko'rinadi. Oladigan pullaringizdan yaqinlaringizga arzirli sovg'alar xarid qilishni ham unutmasangiz bas. Ba'zilar sayohatga chiqishni mo'ljallashi mumkin. Buning uchun moddiy ahvolingiz yetarlicha yaxshi. Daromad keladigan ishlardan qochishingiz tavsiya etilmaydi. Kechqurun oila a'zolaringiz, bolalar va juftingiz uchun vaqt ajrating. Toza havoda sayr qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Kunning birinchi yarmida eski qadrdonlardan birini uchratib qolasiz-u, bir dunyo ijobiy emotsiyalarga ega chiqasiz. Suhbat qizigandan qiziydi. Yaqin o'tmishni birgalikda yodga olasiz. Tadbirkorlarni kun davomida uchrashuvlar, kelishuvlar, muzokaralar, safarlar kutib qoladi. Shu qadar band bo'lasizki, ovqatlanishga vaqt ajrata olmay halak bo'lasiz. Kechqurun yengil hazm bo'luvchi taomlar bilan cheklanishingiz so'raladi. Bugun ayrimlarning uxlab ko'radigan tushi o'ngidan kelishi kutilmoqda.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

10 martda uchrashuvlar ketidan uchrashuvlar oqib kela boshlaydi. Yo'q, ular romantik emas. Shaxsiy hayot va ish bilan bog'liq uchrashuvlar. Kimgadir qimmatli maslahatlaringizni berasiz. Kimdandir maslahat olasiz. Favqulodda tez ado etiladigan ishlarni o'z vaqtida uddalashga harakat qiling. Oilalilar kechqurun ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etish harakatida yelib-yugurishadi. Salomatlik haqida qayg'urishni ham unutib qo'ymang.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun siz o'zingizga yangi xobbi topishingiz mumkin. Ammo prinsip va an'analardan voz kechmaysiz. Xobbi shunchaki ko'ngil yozish uchun emas, balki ishingiz bilan bog'liq chiqadi. Qarindoshlarning biridan qanchalar norozi bo'lmang, uni ayblashdan tiyilishingiz kerak. U o'z vaqtida sizga katta yordam bergan. Ijod kishilari olis safarga otlanishlari mumkin. Safar sizga har taraflama naf keltiradi. Faqat hujjatlarni qayta-qayta ko'zdan o'tkazib oling.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

10 mart kuni salomatligingizga nisbatan nihoyatda e'tiborli bo'lishingiz talab etiladi. Shamollagan bo'lsangiz, muolajalarni ortga surishingiz yaramaydi. Jismoniy zo'riqishlar xastalikni battar kuchaytiradi xolos. Ish davomida dam olish uchun vaqt ajratishni ham unutmang. Virus hozir bahor avvalida istagancha topiladi. Shuning uchun xonangizni tez-tez shamollatib turishingiz kerak bo'ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Baliq burji ostida tavallud topganlarning ayrimlarini olis safar kutadi. Ammo bu safarda juda charchaysiz. Shunga qaramay, safar bahonasida moddiy ahvolingizni yaxshilab olishingiz uchun imkoniyat bor. Shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar ko'zga tashlanmaydi. Oilasiz bo'lsangiz, kechqurun romantik uchrashuvni boshdan o'tkazasiz. Uchrashuv paytida telefoningizni o'chirib qo'yishingiz tavsiya qilinadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...