MART OYIDA TOG' EChKISI VA BALIQ BURJI VAKILLARINI NIMA KUTADI?..

0

 

 

 

 

Mart oyi tog' echkisi burji ostida tavallud topganlar uchun romantik tarzda kechadi. Shaxsiy hayotingizda sizni yorqin va unutilmas sarguzashtlar kutadi. Ayollarning yuzlaridan, ko'zlaridan go'zal va beg'ubor bahor ifori ufurib turadi. Ammo tafakkur bu oyda tuyg'ular ustidan g'olib bo'la olmaydi. Shuning uchun ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashingiz tavsiya etiladi. Yolg'izlar chayon burji vakil yo vakilalari bilan topishib, uchrasha boshlashlari ehtimolga yaqin.

Ayrimlar baliq burji ostida tavallud topganlarni ham ko'z ostiga olishi ehtimoldan xoli emas. Siz buzoq burji vakillari bilan ham bemalol til topisha olasiz. Faqat oilasizlar juft tanlashda parizod burji vakillari tarafga qaramay qo'ya qolganlari ma'qul. Bu burj vakili bilan birga kechadigan hayotingiz zaharga aylanishi mumkin.

 

 

Baliq burji vakil va vakilalari mart oyida haqiqiy materialistga aylanishadi. Hashamat ortidan quva boshlaysiz. Ayollar, qizlar asosiy vaqtini xaridlarga, modadagi kiyimlarni sotib olishga sarflashadi. Oila qurmagan qizlar tog' echkisi va buzoq burjida tug'ilgan insonlar tomonga qaramasinlar. Ular sizga mehribon juft bo'la olishmaydi. Xarakterlaringiz to'g'ri kelmaydi. Agar burjdoshingizga ko'ngil qo'ysangiz, sira adashmagan bo'lib chiqasiz. Aynan burjdoshingiz idealingizga aylanishi tayin.

Ko'pchilik do'stlarimiz mart oyida ishxonasidagi obro'sini, martaba va lavozimini o'zining hatti-harakatlari, intilishlari evaziga yaxshilab olishi mumkin. Hamkasblaringiz bilan o'ylab topgan yangi g'oyalaringizni o'rtoqlashing. Yosh xodimlarga master klass namoyish etsangiz ham ziyon qilmaydi.

Omad sizga yor bo'lsin!

Vasilisa VOLODINA

 

loading...