O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 12 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

12 mart kuni barcha jabhalarda faqat intuitsiyangizgagina quloq tuting. Mayli, u moliyaviy inqirozdan himoya eta olmasligi mumkin. Lekin barcha xavflarni oldindan sizga yetkazishga qodir. Agar kimningdir jigari yoki oshqozoni xastalangan bo'lsa, bugungi xavflardan himoyalanishi lozim. Yeydigan ovqatingizni oldin yaxshilab nazoratdan o'tkazing. Shundan keyingina iste'molga kirishing. Kechqurun salomatligingiz a'lo darajada bo'lsa-da, baribir toza havoda sayr qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bilaklaringiz, qalbingiz, vujudingiz kuch va imkoniyatlarga liq to'la. Shunday ekan, ishda dangasalikka yo'l qo'ymang. Bugungi kun sizga barcha ishlarni osonlik bilan ado etishingiz uchun kerakli imkoniyatlarning barchasini yetkazib beradi. Shaxsiy hayotda tafakkurga quloq tutishingiz so'raladi. U nimani taqiqlasa, o'sha narsadan yoki voqea-hodisadan yuz buring. Muhabbatda baxtingiz faqat ehtiroslardangina iborat emasligini unutmang. Bugun suv yordamida tanani chiniqtirish amallari juda foydali kechadi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

12 martda shaxsiy istaklaringiz yetovida bo'lishingiz kutiladi. Shu narsa martabangizni, lavozimingizni yuqorilatish uchun kerakdek tuyuladi. Ammo vaziyatga tashqaridan turib nazar tashlansa, bu amalning sira yaxshi jihati yo'qligiga amin bo'lasiz. Kechqurun ayollarimizdan kimlarnidir ziyofatga taklif etishadi. Ziyofatga arzirli libosda borganingiz ma'qul. U yerda yuqori lavozimli shaxslar ham bo'lishi mumkin. Ko'rib qo'yishsin. Yana go'zallik saloniga ham mo'ralab o'ting. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun qaeringizdir og'risa, o'zingiz o'zingizga tashhis qo'yish, resept belgilash, ukollar qilishdan saqlaning. Bir so'z bilan aytganda, mazangiz qochdimi, albatta vrach qabuliga boring. Organizmingiz ustidan kulishga aslo erk bera ko'rmang. Kechqurun yolg'izlarning aksariyati romantik uchrashuvga chiqadi. Uchrashuvdan keyin ham tuningiz albatta romantik kayfiyatda kechishi tayin. Sizni pozitivlik sira tark etmaydi.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

12 mart kuni qalbingizga suyanib qolishdan saqlanishingiz tavsiya etiladi. Yurakdagi shubhalarni tafakkur ko'magida olis-olislarga haydab soling. Moliyaviy masalada sezilarli siljishlar ko'zga tashlanadi. Kimlardir qachonlardir olgan qarzini qaytaradi. Ammo qo'shimcha daromadli ish topishdan umidvor bo'lmang. Baxtga qarshi bu masalani ijobiy hal eta olmaysiz. Kechqurun to'g'ri ovqatlaning. Uxlashga yotishdan oldin olma yeng, uyqungiz sokin kechadi.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Parizod burjida tug'ilganlar ertaklarga ishonishni bas qilishmas ekan, omadga begona bo'lgancha qolaverishadi. Ayollar va qizlarga go'zallik saloniga borib kelish tavsiya etiladi. Tanani yoshartiruvchi muolajalarga e'tibor qarating. Kunning ikkinchi yarmida kimdir qo'lingizga ancha-muncha pul tutqazishi mumkin. Yoki plastik kartochkangizga pul kelib tushishi ehtimolga yaqin. Yolg'izlarning ayrimlari hanuz idealidagi insonni uchrata olmaganidan xafa bo'lishlari mumkin. Shoshiling. Kechqurun idealingizni uchratishingiz kutilmoqda. Baxt va omad yor bo'lsin!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

12 martda ko'zingizga ko'ringan voqea, narsalar siz uchun avvalgidan-da qiziqarliroq tuyula boshlaydi. Organizmingizda serotonin ishlab chiqarilishi tezlashgandan tezlashadi va yettinchi osmonlarda parvoz qila boshlaysiz. Lekin shaxsiy hayotda ko'ngilsiz hodisalarni chetlab o'tib bo'lmasligi yomon. Juftingiz bilan orangizda jiddiy kelishmovchiliklar paydo bo'lishi kutiladi. Kechqurun yoshi ulug' qarindoshlardan biri sizdan pul qarz so'rashi mumkin. Albatta yordam berib duosini olsangiz kam bo'lmaysiz.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun chayon burji ostida dunyoga kelganlarga ko'proq vaqtini jamoatchilik orasida emas, uyda o'tkazish tavsiya etiladi. Immunitetingiz tushib ketgan. Xavfli virus yuqtirib olishingiz hech gap emas. Bunga allergiya, bezgak va difterit qo'shilsa, bundan yomoni bo'lmaydi. Demak, o'zingizni ehtiyot qilishingiz shart. Moddiy ahvolingiz achinarli kechmaydi. Oz bo'lsa-da, pul kelib kissangizga tushadi inshoolloh. Faqat tejab ishlatsangiz, ziyon qilmasdi. Xaridlarga u qadar zeb bermang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

12 mart kuni xavotirlar, yovvoyi hayajonlar hadeganda sizni bezovta qila boshlaydi. Bu kayfiyatingizdagi pozitivlikni ham yeb bitirishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida rahbarlaringiz xizmat safariga jo'natishi kutiladi. Sira borgingiz kelmaydi. Yolg'iz bo'lsangiz, aynan bugun suyukli insoningiz bilan uchrashishni reja qilgandingiz. Afsuski, uchrashuvni ortga surishga to'g'ri keladi. Mayli, bu galgi sinov ham tanlaganingizning sizga bo'lgan sof tuyg'ularini yana bir karra tekshirib olish uchun imkon beradi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun tog' echkisi burji ostida tug'ilgan ayollar ertalabdan tashqi qiyofasiga zeb berish amallarini boshlab yuborishadi. Bu amal tushgacha cho'zilishi mumkin. Lekin sizga baribir. Anchadan beri tashqi qiyofangizga bu qadar jiddiy e'tibor qaratmagandingiz. Bahonada salomatligingiz haqida ham qayg'urib olasiz. Ortiqcha vazndan bezovta bo'layotganlar zudlik bilan parhez boshlaganlari ma'qul. Kechqurun kimlardir safarga otlanadi. Safar yolg'izlar uchun, ayniqsa, romantik kechadi.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

12 martda ertalab oilaviy tashvishlar, zahira pullarning o'rnini to'ldirish kabi yumushlarga tushib ketishingiz kutilmoqda. Ba'zilar kechgacha uy ta'miri bilan band bo'lishi mumkin. Kunning ikkinchi qismida do'stlaringizdan birining qo'ng'irog'i sizni sergak torttiradi. Ijod kishilarini bugungi kun moddiy jihatdan mukofotlashni mo'ljallagan. Shkafda qolib ketgan asarlaringizdan biriga xaridor chiqadigan bo'lib turibdi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Bugungi kun siz uchun rosmana quvonchli kechadi. Zararli odatlaringiz bo'lsa, tushga yetmay tashlash harakatiga tushsangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Muhabbatda oilalilarning omadi chopib, juftidan kutilmagan sovg'alar olishlari kutilmoqda. Salomatligingizga jiddiy qarang. Bahor uzilish fasli bo'lgani sababli ko'katlarni ko'proq iste'mol qiling. Shu bahonada gemoglabin va immunitetni ko'tarib oling. Olloh sizga yor bo'lsin!

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...