O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 13 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

13 mart kuni xarajatlaringiz ko'paygandan ko'payadi. Lekin barcha sotib olinadigan mahsulotlar siz va oilangiz uchun foydali. Kun davomida qaysidir tantanali tadbirni tashkil etishda hamkorlik taklif qilishlari mumkin. Tadbir haqiqatan nufuzli. Shuning uchun darhol axborot to'plashni boshlayverganingiz ma'qul. Muhabbatda vaqtni shoshiltirmang. Barcha hodisalar o'z vaqtida, o'z maromida yuz beraversin.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugun juda muhim vazifalarni ado etishingiz talab etiladi. Shuning uchun barcha harakatlarni oldindan rejalashtirgan holda ish tutishingiz kerak. Moliyaviy muammo favqulodda paydo bo'ladi. Lekin bu masala bilan kechqurun shug'ullaning. Agar boy tajribangizni ishga solsangiz, albatta muammoni muvaffaqiyatli bartaraf etasiz. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan shug'ullaning. Bu yo'lda ro'zg'or tashvishlaridan vaqtincha chekinib tursangiz ham osmon uzilib yerga tushmaydi. Tashqarida o'zgalar bilan ishqiy sarguzashtlarga berilishdan saqlaning.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

13 martda ish jarayoniga har kundagidan ertaroq kirishishingiz lozim. Shunda barcha rejalashtirilgan ishlar o'z vaqtida ado etiladi. Biznes bilan bog'liq ishlar unumli kechadi. Savdogarlar hamda huquqshunoslarning kuni tug'adi. Ko'pchilik qarshisida so'zlashdan tiyiling. Bu narsa sizdagi barcha kerakli energiyani zulukdek so'rib olishi hech gap emas. Kechqurun ayrimlar qo'shnisi bilan janjallashib qolishi mumkin.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Agar bugun ertalabdanoq salomatligingiz haqida qayg'urmas ekansiz, u sizga pand berishi tayin. Ovqatlanishda me'yorni, rejimni unutgansiz. Hadeganda asabiylashasiz. Badantarbiya mashqlari yaqin o'tmishda qolgan. Ularning barchasini tartibga solishingiz tavsiya etiladi. Lekin bu masalada birov bilan maslahatlashib o'tirishingiz shart emas. O'zingiz o'ylab toping. Sizga hozir tabletkalardan ko'ra ruhiy xotirjamlik ko'proq yordam beradi.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

13 mart kuni atrofingizdagilarning barchasiga yordam qo'lini cho'za boshlaysiz. Barchalarini baravar tinchlantirishga tushasiz. O'zingiz haqingizda ham unuutib qo'ymang. Agar o'zingizni unutib qo'ysangiz, hasadgo'y va ko'nglida kiri borlar paytdan foydalanish payiga tushadi. Ishxonangizda ham ishlaringiz boshdan oshib toshadi. Ammo siz barchasini o'z vaqtida ado etishga ulgurasiz. Moliya sohasidagi mayda-chuyda muammolarga e'tibor bermang.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Nihoyat bugun erta tongda anchadan beri yechilmas jumboqqa aylangan muammoning yechimini topasiz. Muammo juda shaxsiy. Shu sababli uni eng yaqin insonlarga ham oshkor qila ko'rmang. Tomoqni asrang. Muzdek ichimliklar ichmang. Aks holda bronxit yoki angina orttirib olishingiz hech gap emas. Ro'zg'oringizda ham yumushlar juda ko'p. Ayrimlar kechqurun xizmat safariga otlanadi. Safar rahbarlaringiz qarshisidagi obro'yingizni yana bir pog'ona yuqoriga olib chiqadi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

13 martda eng muhim ishlarni sira ikkilanmasdan rejalashtiraversangiz bo'ladi. Sizda ularni muvaffaqiyatli ado etish uchun barcha zarur imkoniyatlar bor. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimizni ham omad kutib turibdi. Kimki dam olish, havo almashtirish uchun qaergadir jo'nab ketsa, ularni xotirjamlik, hashamat kutadi. Toza havo sizni tetik torttirib, organizmingizdagi barcha negativlarni yo'q qiladi. Muhabbatda ko'ksingizga botib tinchlik bermayotgan toshni irg'itib tashlang. Hammasi yaxshi bo'ladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun pul bilan juda ehtiyotkorona munosabat yuritishingiz kerak bo'ladi. Garchi yaqinlaringizga saxovat ko'rsatishni reja qilgan bo'lsangiz ham baribir ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang. Hozir sizga tejamkorlik zarur. Ko'rasizki, tejalgan pullar yaqin orada sizning eng yaxshi kuningizga yaraydi. Tanishlardan biri kunning ikkinchi yarmida bo'lar-bo'lmas gaplari bilan asabingizni qo'zg'ashi mumkin. Kechqurun qarindoshlardan birinikiga mehmonga borasiz. Lekin mehmondorchilik sizga quvonch bera olmaydi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

13 mart kuni kamroq asabiylashing. Birovlarga jahl qilishdan, birovlarni tanqid ostiga olishdan tiyiling. O'zingizni qo'lga oling. Kechirilmas xatoliklarga yo'l qo'yishdan saqlaning. Duch kelganga qarz beravermasligingiz tavsiya etiladi. Aks holda tez orada inqirozga yuz tutasiz. Kimlardir sizdan qarz olib bermay yurgan bo'lsa, obro'li tanishlarni o'rtaga soling. Kechqurun juftingiz mazalidan ham mazaliroq taom pishirib ko'nglingizni ko'tarishi kutilmoqda.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Juftingizga bo'lgan ishonchgina orangizdagi munosabatlar yanada mustahkam tortishini ta'minlay oladi. Undan shubhalanmang. Ishoning. U sizni aldamaydi. Sizga xiyonat qilmaydi. Ro'zg'oringizda jiddiy muammolar paydo bo'lishi kutiladi. Jihozlarning ketma-ket buzilishi kayfiyatingizni buzishi ehtimoldan xoli emas. Iloj qancha. Hozir yangisini sotib olish uchun moddiy ahvolingiz yaxshi emas. Sabr qilasiz.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

13 martda moliyaviy masalada tashabbusni o'z qo'lingizga ola bilsangiz, muammolar avtomat tarzda ijobiy hal bo'ladi. Kissangiz pulga to'ladi. Ana shu tashabbus tijoratda yaxshigina mutaxassis ekaningizni ham ko'rsatib beradi. Boshqalarni tanqid ostiga olishdan tiyiling. O'z ishlaringizni bajarish harakatida bo'ling. Ba'zilar katta bir bayram oldidan repititsiyalarda ishtirok eta boshlashi mumkin. Tashqi qiyofangizga o'zgartishlar kiritish, yangi liboslar tanlashni ham esdan chiqarmang.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Bugun baliq burji ostida tavallud topganlarning ayrimlari pul bilan bog'liq ko'ngilsiz vaziyatga tushib qolishi kutiladi. Ammo bu vaziyat yuzaga kelishida sizning aybingiz yo'q. Shaxsiy avtomobili borlar bugun serqatnov yo'llarda tezlikni haddan tashqari oshiradigan bo'lsa, jarimalardan qochib qutula olmasliklari aniq. Ijod va san'at sohasida ishlaydiganlarning ham omadi keladi. Foydalanib qoling. Olloh sizga yor bo'lsin!

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...