ETIMNING ChO'NTAGIDAN OLINGAN XARJLIK

0

Peshin tanaffusida markazda aylanib yurganimda yerda yotgan hamyonga ko'zim tushdi. Ichda anchagina pul bor edi. Tag'in egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati ham bor edi. Shayton: “Pulni ol” deya vasvasaga boshladi, lekin shu bugungacha og'zimdan harom luqma o'tmagandi. Hamyonni olib politsiya idorasi yo'lini tutdim. Egasi topildi, kelsin deya meni ham kuttidirlar. Maktabga ham kechikdim. Hamyon egasi gavdasi baqquvat, shop mo'ylovli biri ekan. Hamyonini topganidan xursand bo'lish o'rniga, yuz-ko'zida g'azab ifodasi bor edi.
— Pulning qolgani qaerda?!- deya baqirdi. Qo'rqib ketdim.
Cho'ntagimda tushlikda yegulik olish uchun onam bergan bir lira bor edi. O'sha paytlarda bu pul men uchun kata mablag' edi, to'rtta simit (teshikkulcha) olardim bu pulga. “Pulimni o'g'irlabdi, bunga yaxshigina saboq berish kerak” deya shopmo'ylov qo'limdan pulni oldi.
Men butkul o'zimni yo'qotib qo'ydim. “Amaki, u mening maktabda yeyish uchun onam bergan xarjlik” deyish uchun og'iz juftlagandim:
— O'chir, ovozingni, o'g'ri! Pulning qolgani qaerda?!- deya baqirib ketdi.
— Qanaqa pul? Nimalar deyapsiz?- dedim va bir bola qo'rqqanidan qiladigan ishni qilib, yig'lay boshladim.
— Buni qara, tag'in yig'laydi-ya! Yig'lashini qara buni! O'g'irlikni qilishga qilib, yig'lashga tushyapti!- deya baqira boshladi.
Qo'rquvdan o'zimni yo'qotib qo'ydim. Gapirishga ham kuchim yetmasdi. Indamay qoldim. Qo'limdan boshqa hech narsa kelmasligini bilib…
Bir soatdan ortiq u yerda qolib ketdim. O'qish tugash arafasida edi. O'quvchi tashish avtobusiga kech qolsam, 10 kilometr piyoda yuriyub, qishloqqa yetib borishim kreak edi. Yolvorib-yalinib ketishga ruxsat berishini so'radim. Politsiya amiri insofli odam ekan,
— Qarang, bola sho'rlik pulni olgani yo'q. Pulni olsa o'zi hamyonni bu yerga olib kelarmiid?!- deya odamni zo'rg'a ko'ndirdi.
Politsiya idorasidan chiqqanimda xuddi 70 yildan beri qamoqda yotgan odamday edim, maktabga qarab yugurdim. Darslar tugayotgan edi.
Mudirdan yaxshigina tanbeh berib, meni eshitmasdan jazoladi. Keyin darsga kirishimga ruxsat berdi. Sinfga kirdim, oyoqlarim qaltirar edi. O'rnimga o'tirdimu bo'lib o'tgan voqeani o'ylay boshladim. Holbuki, yaxshilik qildim deb o'yladim, lekin nega bunday bo'ldi?
Bu voqeadan keyin biroz vaqt ztdi. Yana peshin tanaffusida markazda yurgandim. Peshin namozini ado etdim. Peshin namozidan keyin janoza namozi bor ekan, otam “Qachon janoza namoziga duch kelsang, albatta jamoatga qo'shil” derdilar. Xullas, namozni ado etdik. O'sha politsiya ma'muri meni uzoqdan ko'rdi, yoniga chaqirdi. Uni ko'rib qo'rqdim, qochsammi, deb ham o'yladim.Endi politsiyachini ko'rganda o'z-o'zidan qo'l-oyog'im titraydigan bo'lib qolgandi, nima bo'lsa ham majbur yoniga bordim.
Aka, mening aybim yo'q,- dedim…
Tinch bo'l, bilaman o'zim ham,- dedi.- Hozir kimning janozasini o'qidik, bilasanmi? Sen hamyonini topgan odamning janozasi o'qildi. Qahva ichayotganida, nafasi tiqilib o'lib qolibdi. Uni anchadan beri taniyman, ilcha (tuman)ning obro'li kishilaridan edi. Lekin biroz ters odam edi. Sen uning hamyonini topganingda, unda pul kam chiqdi. U sen olgansan deb o'yladi. Degani degan odam. Osongina gapga tushunmaydi. Shuning uchun senga u o'sha kun qattiq gaplar gapirdi.
Lekin men olmagandim, qasam ichaman,- dedim.
Bilaman,- dedi jilmayib. Keyin xotini qo'ng'iroq qilib aytdi, pulni jaketinin7g cho'ntagida unutgan ekan.Seni bekorga xafa qilganimiz qoldi…
Uzolqlarga qarab qoldim o'sha paytlarda. Jahlim chiqmadi, oqlangan bir aybdor kabi o'zimni his qildim. Men aybsiz edim va buni ma'mur bey ham bilardi. Askar salom berib yonidan uzoqlashdim. Maktabga qarab yo'nalgandim, ta'ziyali uyning yaqinlaridan ekan shekilli, ikki kishining suhbati qulog'imga chalindi:O'limli dunyo, deganlari shu ekan-da…
Ajalning qachon kelishi bilinmaydi. Hayhotday dengizga cho'kib o'lmaydi-da, bir liralik qahvadan tiqilib o'ladi odam.
“Bir lira” so'zi qulog'imdan uzoqlashmadi.O'z-o'zimdan so'radim: “U qahvaning pulini mening cho'ntagimdan zo'ravonlik bilan olgan xarjligim bilan to'larmidi? Yaa, Robbim,dedim,bir yetimning bir liralik haqini unutmagan Allohim! Sen bizni haromdan asragin! Zolim bo'lib qolishdan senga sig'inaman! Men zolim bo'lishdan ko'ra, mazlum bo'lishga roziman!..

loading...