O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 14 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun masalaga o'ziga xos, hali hech kim qo'llab ko'rmagan usul yordamida yondashishni istab qolasiz. Buning uchun sizda barcha imkoniyatlar bisyor. Lekin maqsad sari otlanishdan oldin sabr qiling. O'rningizdan qo'zg'alishingiz bilan istaklar haqiqatga aylanishi faqat ertaklarda bo'ladi. Yaqin do'stlaringizdan birining boshiga tashvish tushishi kutilmoqda. Ko'ngil so'rash, tashvishiga sherik bo'lish esingizdan chiqmasin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

14 mart kuni bajaradigan ishlaringizda, tashlaydigan har bir qadamingizda tartib bo'lishini ta'minlang. Busiz boshi berk ko'chaga kirib qolishingiz turgan gap. Boshqalarning muvaffaqiyatiga faqat havas bilan boqing. O'zgalarning maslahatlarini quloqqa oling. Kam bo'lmaysiz. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketishi mumkin. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlarini iste'mol qiling. Uyqungiz sokin kechadi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Piyoda yo'l bosishni yoqtirmasangiz ham bugun shunday qilishga majbur bo'lasiz. Avtomobilda harakatlanish bugun nasib etmaydigan bo'lib turibdi. Salomatligingiz haqida qattiqroq qayg'urishingiz, toza havodan ko'proq nafas olishingiz tavsiya etiladi. Ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishingiz kerak. Bugun faqat ish va yana ish haqidagina o'ylashingiz talab etiladi. Kechqurun xonadoningizga yaqin tanishlar tashrif buyurishi mumkin. Ular bilan suhbat sizga pozitiv hadya etadi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

14 martda tanaffus degan jumlani yoddan chiqarganlar bo'lsa, qayta yodga olishlari kerak. Ishlar ko'paygandan ko'payadi. Lekin ora-sirada nafas rostlashingiz shart. Texnologiya, moliya va reklama biznesi bilan bog'liq ishlarda ishlovchilarning omadi chopadi. Daromad siz kutgandan ham mo'mayroq kechadi. Yo'lingizda jiddiy to'siqlar uchramaydi. Faqat olg'a bosa bilsangiz, xatoliklarga yo'l qo'ymasangiz bas.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Azaliy orzularingizdan biriga erishish, uni haqiqatga aylantirish aynan bugunga to'g'ri keladi. Lekin orzularingiz ushalishi haqida boshqalarga aslo gapira ko'rmang. Do'stdan ko'p dushman. Yaqinda turmush qurgan yoshlar muhabbatning eng pok va nafis iforlaridan mast bo'lishlari aniq. Ayrim juftliklar birgalikda sayohatga chiqishlari, bir-birlariga qimmatbaho sovg'alar hadya etishlari kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qilib, ertaroq uxlashga yotishni unutmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

14 mart kuni parizod burji ostida tug'ilganlarning kayfiyati pozitivda bo'lmasligi kutiladi. Yo'q, bunga moddiy ahvolingiz yomonligi sabab bo'lmaydi. Deyarli unutilayozgan xastaliklar qo'zg'alib bezovta qiladi. Darhol vrachga boring va tibbiy ko'rikdan o'ting. Asabiylashishdan saqlaning. Havoning avzoyiga qarab kiyining. Muhabbatda muammolar ko'zga tashlanmaydi. Faqat bo'lar-bo'lmasga juftingizni ranjitib qo'ymasangiz bas. Surunkali xastalikka chalinganlar o'zlarini ehtiyotlashlari, dorilarni o'z vaqtida ichishlari tavsiya etiladi.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun tarozi burji ostida tug'ilganlar asosan safarlar, loyihalashtirish va qurilish amallari bilan band bo'lishlari kutiladi. Kuch va imkoniyatlaringiz yetarli. Hatto, yolg'iz bo'lsangiz, romantik uchrashuv uchun ham qoladi. Bayram tadbirlari, ziyofatlar va mehmonga taklif etishsa, bosh tortmang. Oila qurmaganlar shu marosimlar sabab bo'lib bo'lg'usi baxtini topishi ehtimolga yaqin. Ovqatlanish rejimini yoddan chiqarmang. Omad sizga yor bo'lsin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

14 martda moliyaviy sohada sizni u qadar yoqimli bo'lmagan vaziyatlar kutib turadi. Ayniqsa, shaxsiy biznesi borlar raqobatchilarning imkoniyatlarini noto'g'ri baholash natijasida moddiy yo'qotishlarga yuz tutishlari mumkin. Ofislarda ishlaydiganlarning lavozimlari oshishi kutilmoqda. Ba'zilar yaxshi ishlagani uchun bo'limlardan biriga rahbar etib tayinlashlari ham ehtimoldan xoli emas. Maoshingiz ham oshishi tayin albatta.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun juda ehtiyotkor va sergak turishingiz tavsiya qilinadi. Borish kerak bo'lmagan yerga bormang. Bugun o'zingizcha ish tutish foyda keltirmaydi. Safarga chiqishdan ham o'zingizni nari oling. Oilalilar shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqib o'zgalar foydasi uchun ishlashlari kutiladi. Qarindoshlar bundan norozilanishi tayin. Ammo xotirjamlikni qo'ldan bermang. Orangizda katta janjal yuzaga kelishi mumkin. Sabrli bo'lsangiz, hamma ishlaringiz unumli kechadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

14 mart kuni asosan diqqat-e'tiboringiz tobida bo'lishi lozim. Ayniqsa, moliyaviy hujjatlar bilan ishlaganda e'tibor, sergaklik kerak bo'ladi. Xatoga yo'l qo'ysangiz, kechirilmaydi. Ishxonangizda siz uchun yoqimsiz muhit yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ishdan ertaroq ketishga harakat qilganingiz ma'qul. Kechqurun oilasizlar romantik uchrashuvga chiqishadi. Baxtingizni bersin! O'zingizni ehtiyot qiling.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Ertalab uyqudan uyg'onib hayot haqida fikrlay boshlaysiz. Ha, shaxsiy hayotingizda muammolar yetarlicha. Yashash og'irlashib borayotgandek. Juftingiz sizga bo'lgan muhabbatini yo'qotib qo'ygandek. Bunday tushkun kayfiyat yaqindagina bo'lg'usi jufti bilan munosabatlarni uzganlar qalbidan ham kechishi haqiqat. Ammo o'zingizni yeb borishingiz hech qachon olqishlanmaydi. Ko'ngilni kengroq qiling. Hayot davom etmoqda. Ro'zg'ordagi ikir-chikirlarga andarmon bo'ling. Chalg'iysiz. Tashvishlar unut bo'ladi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

14 martda odamni yo'ldan chiqaruvchilar, jodugar firibgarlar ta'qibida qolishdan saqlaning. Ular shafqatsiz. Ular uchun odamning umri bir pul. O'zingizni ehtiyot qiling. Ro'zg'oringizda ham muammolar keragicha topiladi. Lekin ularsiz oila ham qurilmaydi. Mayda-chuyda gap-so'zlarga o'ralashib qolmang. Yolg'iz bo'lsangiz, romantikadan voz kechmasligingiz so'raladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...