O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 15 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

15 mart kuni atrofingizdagilarning ayrimlari bo'lar-bo'lmas ahmoqona savollar bilan jig'ingizga tegishi kutiladi. Sizda esa bardosh yetarli. Asosiysi, firib va yolg'onga chuv tushib qolishdan saqlaning. Har bir vaziyatni nazorat etishga intiling. Dam olish kunisiz ishlasangiz, ishxonangizda yangi g'oyalaringizni oshkor qilishga shoshilmang. Hali erta. Zimmangizdagi vazifalarni sidqidildan ado etishga harakat qiling. Bir kun keladi albatta o'sha g'oyalar sizga qanot bag'ishlaydi.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Kimlardir muhabbat, martaba, hayot haqida falsafa to'qishi sizga sira yoqib tushmaydi. Chunki falsafani arzimaydigan odamlar to'qiydi. Olim to'qisa jon qulog'ingiz bilan tinglagan bo'lardingiz. Ishda traktor kabi gurillagancha harakatlaning. Sizda kuch ham, g'ayrat ham yetarli. Qancha ko'p ter to'ksangiz, daromadi shuncha ko'p va totli bo'ladi. Daromad ko'rishda siz uchun hozircha boshqa yo'l yo'q. Bankdan kredit olishni xayolingizga ham keltirmang. Kredit sizni botqoqqa botiradi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

15 martda atrofdagilar bilan turli mavzularda bahslashasiz. G'azab va nafrat sizda yetarlicha bor. Ammo tafakkur charxlanmagan. Shuni hisobga oling. Oilangizda ro'zg'or ikir-chikirlarini deb janjal chiqish xavfi bor. Ehtiyotkor bo'ling. Tilingizga ehtiyot bo'ling. Xotirjamlikka erk bering. Yaqin insoningizga mehr-oqibat ko'rsatishdan tiyilmang. Internetda kechalari uzoq o'tirib qolishingiz tavsiya etilmaydi. Bu uyqusizlikdan azoblanishingizga sababchi bo'ladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun intellektual jihatdan kuningiz og'ir kechishi kutilmoqda. Tafakkuringiz hayqiradi. Sizni nafas rostlashga chorlaydi. Unga quloq tuting. Ish qanchalar moddiy jihatdan muhim bo'lmasin, dam olish lahzalari sizga yangi kuch yig'ishda ko'mak beradi. Kunning ikkinchi yarmida aksariyat do'stlarimiz oilaviy tashvishlarni bartaraf etish payida bo'ladi. Ba'zi oila qurmaganlar baxtini izlaydi. Basharti topa olmasangiz, kuyinmang. Boshqa kunlari albatta topasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

15 mart kuni ertalab moliyaviy muammolar giriboningizdan oladi. Anchadan beri bu qadar jiddiy muammolarga duch kelmay qo'ygandingiz. Bardoshli bo'ling. Kimlardir sizni bahsga chorlasa ham bu chaqiriqqa matonat bilan yondashing. Yarim fabrikat mahsulotlardan yuz buring. Ayniqsa oshqozoningizda gastrit, yara bo'lsa, ular koni zararligini unutmang. To'g'ri ovqatlaning. Yurak xastaliklariga chalinganlar atmosferadagi magnit bo'ronlaridan o'zlarini asrashlari lozim.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Parizod burjida tug'ilganlar bugun negadir bo'shashgan holatda bo'lishadi. Ishlagingiz ham kelmaydi. Ammo moddiy qiyinchiliklar-chi? Agar imkoniyat tug'ilsa, uni qo'ldan bermasligingiz kerak. Serqatnov yo'llarda ehtiyotkor bo'ling. Halokatga uchrashingiz xavfi bor. Yolg'iz bo'lsangiz, kechqurun romantik uchrashuvga otlanishingiz zarurligini unutmang. Bugungi oqshom o'tgan kunlardagidan ham jozibaliroq kechadi. To'y kunini belgilashingiz mumkin. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

15 martda shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq qat'iy va tezkor qarorlar qabul qilishingizga to'g'ri keladi. Boshqa yo'l yo'q. Boshqachasiga shaxsiy hayotingizga mazmun kirita olmaysiz. Yolg'izlar bu masalada yanada qat'iyroq bo'lishlari talab etiladi. Bugun muhim uchrashuvlar, safarlar haqida gap bo'lishi mumkin emas. Tadbirkor bo'lsangiz ham bugun uchrashuvlar va kelishuvlarga tayyor emassiz. Unday kayfiyat sizni vaqtincha tark etgan. Ovqatlanish masalasiga ham bee'tibor bo'lmang. Salomatlikni asrang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun chayon burji vakillari tanaffuslarsiz ishlashadi. Faollik dahshatli tezlikka ega. Atrofdagilar ish yuritishingizni ko'rgach, hayratdan yoqa ushlaydi. Bundan bo'lak imkoni ham qolmaydi. Tashvishi siznikidan ham ko'proq tanishlar, do'stlarni ortiqcha savollarga tutishdan nari bo'ling. Yaxshisi, ularning shaxsiy hayotiga aralashmay qo'ya qoling. Ichki sirlaringizni birovga aytmang. Ichingizda saqlang. Shunda tinch bo'lasiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

15 mart kuni xayolingizda hamma sizga qarshi, sizni ko'rolmayotgan, sizni g'iybat qilayotganga o'xshayveradi. Aslida esa unday emas. Hayotga, atrofga optimistlarcha boqing. Shunda haqiqatni ko'ra olasiz. Ish bajarish asnosida bo'shasha ko'rmang. O'z vaqtida yakunlashga harakat qiling. Moliyaviy sohada tanaffuslar yuzaga keladi. Daromad shu qadar mo'may bo'ladiki, quvonchdan raqs tushib yuboray deysiz. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun sizga turli sohalarga oid ishlarda hamkorlik taklif qilishadi. Lekin bu barcha takliflarni qabul qiling degani emas. Sizda tanlash imkoniyati ham bisyor. O'ylab ko'ring, tekshiring, o'rganing, ana undan keyin qaysi taklif ma'qul tushsa, rozilik bildiring. Tadbirkorlar kun davomida juda ko'plab o'zlari uchun foydali xabarlar eshitishlari kutilmoqda. Bilasizmi kimdan? Raqobatchilardan. Shundan keyin siz ular bilan hamkorlik ham qila boshlaysiz. Dunyo shunaqa-da. Charxpalagi bir aylansa, dushman do'stga, do'st dushmanga aylanib qolishi hech gap emas.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

15 martda miyangizda yangi g'oyalar tug'ilsa, darhol ularni bloknotingizga yozib qo'ying. Tez orada ularni haqiqatga aylantirasiz. G'oyalaringiz sizga moddiy manfaat taqdim etadi. Kun davomida mayda xarajatlar ko'zga tashlanishi kutiladi. Bundan xavotirlanishingizga o'rin yo'q. Oilalilarni ham ortga surib bo'lmas ishlar kutadi. Ularni o'z vaqtida ado etishingiz tavsiya qilinadi. Muhabbatda ko'ngilsizliklardan qoching. Sizga yetib olishiga yo'l qo'ymang. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Baliq burji vakillari aslida tabiatan emotsional emas. Lekin bugun emotsiyani nazoratga ola bilmasligingiz mumkin. Haddan oshguncha quvonasiz, kulasiz. Barchaga quvonchingizni namoyish etishga oshifta bo'lasiz. Lekin o'zingizni qo'lga olishingiz kerak. Kayfiyatingiz sakrashi oxir oqibat sizni ranjishga majbur qilishi mumkin. Kechqurun qarindoshlardan biri u qadar quvonchli bo'lmagan bir xabarni yetkazish ehtimoli bor.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...