XITOY KORONAVIRUSI. 14 MART TAFSILOTLARI…

0

 

14 mart hisobiga ko'ra dunyo bo'yicha koronavirus yuqtirganlar soni 145 ming 369 kishiga yetgan. 70 ming nafar bemor tuzalib kasalxonadan chiqdi. 5373 kishi olamdan o'tdi.

Xitoyda so'nggi bir kecha-kunduzda 8 nafar fuqaro virus yuqtirgan. 33 kishi virus yuqtirganlikda gumon qilinmoqda. 14 mart hisobi bo'yicha 19 kishi vafot etdi. Koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni bu mamlakatda 80 ming 975 kishini tashkil etdi.

Italiyada oxirgi bir kecha-kunduzda koronavirus tufayli 250 kishi o'lim topdi. Shu kunga qadar o'lganlar soni esa 1266 kishiga yetdi. Virus yuqtirganlarning umumiy soni 15 ming kishidan iborat bo'ldi.

Eronda koronavirus tufayli ko'zga ko'ringan generallardan biri Nosir Shaaboniy olamdan o'tdi. Respublika bo'yicha virus yuqtirganlar soni 11 ming 300 kishini tashkil etdi. Shu kungacha 514 kishi olamdan o'tdi.

Janubiy Koreyada 8 mingga yaqin odam virus yuqtirgan va 72 kishi o'lim topdi. Amerikada ikki mingdan ziyod odam koronavirus yuqtirdi. 47 kishi vafot etdi.

Rossiyada koronavirusga uchraganlarning umumiy soni 14 mart hisobi bo'yicha 45 kishini tashkil etgan. Bir kecha-kunduzda 11 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Ispaniyada so'nggi bir kecha-kunduzda virus yuqtirganlar soni 2955 kishiga yetdi. Atigi 10 kishi tuzaldi. 78 kishi olamdan o'tdi.

Germaniyada jami 1597 kishi virus yuqtirgan. 4 kishi o'lim topgan va 21 kishigina tuzalib kasalxonani tark etgan.

Fransiyada koronavirus yuqtirganlar 1383 kishidan iborat bo'lgan. Hozircha hech kim to'liq tuzalib ketmagan.

Shveysariyada bir kecha-kunduzning o'zida virus yuqtirganlar 487 kishidan iborat bo'ldi. 7 kishi qazo qildi. Tuzalib chiqqanlar yo'q.

 

loading...