O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 16 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

16 mart kuni hisobingizga kelib tushishi kerak bo'lgan pullarni nazorat etish bilan band bo'lasiz. Bu asosan tadbirkorlarga tegishli bo'lib, ayrim pullar to'liq kelib tushmasligi tufayli yoqimsiz vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Pullarni to'liq o'tkazishsa yaxshi edi. Aksi bo'lsa, chuv tushishingiz aniq. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ba'zilar shaxsiy hayotda yoqimli vaziyatlarni boshdan kechirishadi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugun kayfiyatingiz to'liq pozitivda bo'lishi kutilmoqda. Bunga do'stlardan birining sizga yetkazadigan xushxabari sababchi bo'lsa ne ajab. Anchadan beri ko'rishmagandingiz. Mana, ko'rishasiz. Buning ustiga do'stingiz omadga erishayotganidan xabar topib yana quvonasiz. Moliyaviy muammolar bugun ancha qiyinchilik bilan bartaraf etiladi. Lekin bunda sizning aybingiz yo'q. Kechqurun ayrimlarga yaqin insoni qimmatbaho sovg'a hadya etishi mumkin.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

16 martda shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq muammolarni tushga qadar uddalab ulgurishingiz tavsiya etiladi. Faqat shoshilmang. Shoshilish muammoni ko'paytirishi mumkin. Ovqatlanishingizga alohida e'tibor qarating. Ortiqcha taom iste'mol qilish oshqozoningizga ziyon yetkazishi turgan gap. Parhez tutishni boshlasangiz yana yaxshi. Bu har taraflama sizga foyda beradi. Kechqurun toza havo sayriga chiqishingiz so'raladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun har qanday ko'rinishdagi uchrashuvlar va yozishmalardan voz keching. Ayniqsa, sobiq sevganingiz bilan bog'liq bo'lsa qat'iyan taqiqlanadi. O'ylab ko'rish, fikrlash vaqti allaqachon yetgan. Ayriliq ikkovingiz uchun ham foydali kechadi. Qo'shimcha daromad keltiradigan ish taklif etishlari mumkin. Darhol rozi bo'ling. Pulning ortiqchasi bo'lmaydi. Lekin jismoniy zo'riqishlar, og'ir buyum ko'tarishlardan nari bo'ling. Bu salomatligingizga putur yetkazadi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

16 mart kuni qanday yo'l bilan bo'lmasin, olis safarga chiqishni ortga suring. Hatto bu safar katta pul keltirishi kerak bo'lsa ham baribir yo'lga chiqmang. Salomatligingizni xavf ostiga qo'yishdan, shaxsiy muammolar urchishidan saqlaning. Sport bilan shug'ullanishni to'xtatmaganingiz ma'qul. Ayniqsa, mushaklarni baquvvat torttiradigan mashqlar sizga hozir juda ham kerak. Kechqurun ayrimlar mehmonga boradi, ba'zilar aksincha mehmon kutadi. Barchasi yaxshilikka inshoolloh.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Bugun atrofdagilar, hatto, yaqinlaringiz bilan ham muloqot qilishdan saqlaning. Hozir emotsional holatingiz tobida emas. Kim bilandir janjallashib qolishingiz hech gap emas. Yaxshisi, yolg'iz qoling. Xaridlarni amalga oshirmoqchi bo'lganlarga ehtiyotkorlik tavsiya etiladi. Katta chegirmali mahsulotlar oqibatda sifatsiz chiqib qolishi mumkin. Uxlashga yotishdan oldin sut ichishingiz so'raladi. Shunda uyqungiz sokin kechadi.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

16 martda sizni olqishlaydigan, maqtaydiganlarga ishonib qolmang. Ular sizning kayfiyatingizni bir pul qilishga yaraydi xolos. Tadbirkor bo'lsangiz, yirik loyihalarga ehtiyotkorlik bilan pul tiking. Inqirozga yuz tutishdan saqlaning. Do'stlar bilan ziyofatga borish, sprtli ichimliklar iste'molidan nari bo'lishingiz tavsiya qilinadi. Ishlaringiz ko'p. Hozir faqat o'sha ishlar bilan andarmon bo'lishingiz lozim. Muhabbatda zulmatli lahzalar kutiladi. Oldinga yurishda ehtiyot bo'ling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun chayon burji vakillarining ishi boshidan oshib toshadi. Yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishni boshlaysiz. Shuning hisobiga ishlaringiz ko'payadi. Lekin barchasi yaxshilikka. Ammo shaxsiy hayotni ham unutib qo'ymang. Ayniqsa, juftingiz bilan orangizda tanaffuslar ko'zga tashlangan bo'lsa, ancha e'tiborli bo'lishingiz talab etiladi. Kechqurun faqat o'zingiz uchun vaqt ajrating. Yolg'iz qolib dam oling, istirohat qiling.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

16 mart kuni ilgari qo'l siltash bilan cheklangan mashg'ulotlarga yana qo'l urasiz va o'tmishda xatoga yo'l qo'yganingizni anglab yetasiz. Ular sizga faqat naf keltirishiga shaxsan guvoh bo'lasiz. Oilalilarni yoqimli xabarlar kutadi. Anchadan beri yangi uy sotib olish niyatida yurganlar bugun orzusiga yetadi inshoolloh. Muhim hujjatlarni rasmiylashtirish ham muvaffaqiyatli yakun topadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun ertalab o'zingizga bir savolni berib qiynala boshlaysiz. Nega ish haftasi yakun topmaydi?.. Ha, siz mukofot puli olish ilinjida ter to'kayotgandingiz. Ammo rahbarlaringiz bu ilinjingizga labbay deb javob bera qolmaydi. Juftingiz ham ko'p narsalarni va'da qilgandi. U ham jim. Shunda faqat bir narsaga — vaqti kelib ranjishingizgagina ishona boshlaysiz. Bu noto'g'ri. Ezgulikning erta-kechi bo'lmaydi. Matonat, bardoshning qulog'ini burab qo'ysangiz, sizni albatta yaxshi kunlarga yetkazadi. Ayrimlar qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishi ehtimolga yaqin.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

16 martda ba'zi do'stlarimiz yoga ilmini o'zlashtirish payida bo'lishadi. Buning uchun muallim topsangiz, maqsadga muvofiq bo'lardi. Moliyaviy muammolar keyingi navbatga o'tadi. Chunki ular ertami-kechmi ijobiy hal bo'lishini yaxshi bilasiz. Chang-to'zonga allergiyasi borlar o'zi yashaydigan uyda kapital yig'ishtirish amalini ado etishi kerak. Uy hayvonlariga haddan tashqari yaqinlashishdan saqlaning. Ayrimlarning tunda uxlab ko'radigan tushi o'ngidan kelishi kutilmoqda.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Bugun emotsional jihatdan ancha og'ir kunni boshdan kechirasiz. Salomatlikni ham qat'iy nazoratda tutishingiz talab etiladi. Yo'q, o'zingiznikini emas, yaqinlaringizdan birining salomatligini. Nima kerak bo'lsa, yordam qilishingiz savobdan bo'lakni hadya etmaydi. Moliyaviy masalada sizdan kuzatuvchanlik talab qilinadi. Shundagina ezgu maqsadlarga yetasiz, kissangiz pulga to'ladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...