O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 17 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun ishlaringiz ko'p bo'ladi. Qaerlargadir borib ish bitirishingiz kerak, tadbirkor bo'lsangiz, hamkorlar bilan muhim kelishuvlarga erishishingiz lozim bo'ladi. Agar bo'lmag'ur xayollarni miyangizdan chiqarib tashlamasangiz, o'zingizni o'zingiz boshi berk ko'chaga olib kirib qo'yishingiz hech gap emas. Yirik loyihalar ustida ish boshlagan bo'lsangiz, jamoaviy harakatlarga e'tibor qarating. Qo'shimcha daromadli ishlarni ado etish kechqurun kissangizni pulga to'ldiradi.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

17 mart kuni ishxonangizda hamkasblardan biri bilan adi-badi aytishib qolishingiz jiddiy ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Ayb sizda emas, hamkasbingizda bo'ladi. Aynan u sizga haqoratlarga qorishiq so'zlarni aytib vaziyatni chigallashtiradi. G'iybatchilarning g'iybatlari, ortingizdagi visir-visirlar tek turishga qo'ymaydi. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do'stlardan biri bilan orangizda yoqimli suhbat kechishi kutiladi. Shu suhbat kayfiyatingizga qaytadan pozitiv hadya etsa ajab emas.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Bugun egizaklar burji ostida tavallud topganlar qo'shimcha kuch va imkoniyatlarga ega bo'lishadi. Shuning natijasida har qanday ko'ngilsizliklarni osonlik bilan yengib o'tasiz. Kuzatuvchanlik, qat'iyat moddiy ahvolingizni yaxshilashda juda asqotadi. Shuni unutmang. Salomatlik masalasida partizanlarcha ish tutishingiz yaramaydi. Biror yeringiz og'riy boshladimi, darrov vrach qabuliga borishingiz tavsiya etiladi. O'zingizni o'zingiz davolashingiz noto'g'ri bo'ladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

17 martda texnika bilan bog'liq ishda ishlovchilar har qanday improvizatsiyadan voz kechishlari kerak. Chunki bu sizga ijod emaski, fantaziya yordamida istalgan amalga qo'l uraversangiz. Ishxonangizdagi rahbarlar zimmangizga yuklagan vazifalarni o'z vaqtida sifatli ado etishga harakat qiling. Puldan xavotir olmang. U albatta bo'ladi inshoolloh. Kechqurun bir voqea yuz beradiki, hayratdan yoqa ushlaysiz. Ishqilib, yaxshilikka bo'lsin.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Bugungi kuningiz tuyg'ular, emotsiyalar, romantikaga juda boy bo'ladi. Muhabbatingizning mo''jizalaridan lol qolasiz. Ammo xayolparastlikka haddan tashqari berilib ketmang. Hayotga, ishga real ko'z bilan boqishingiz shart. Kunning ikkinchi yarmida sizni xizmat safariga yuborishlari mumkin. Aslo bosh torta ko'rmang. Xizmat safari sizga moddiy manfaat keltiradi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

17 mart kuni har bir lahzani qat'iy hisob-kitobda ushlasangiz, omad keldi deyavering. Kun davomida siz tomoningizdan xafagarchiliklar, xatolikka yo'l qo'yishlar ko'zga tashlanmaydi. Hamkasblarga nisbatan jiddiy munosabatda bo'lishingiz tavsiya etiladi. Ularga sir boy bermang. Yolg'izlar bugun kechqurun romantik uchrashuvga chiqishni rejalashtirishgandi. Afsuski, nimadir sabab bo'lib uchrashuv ortga suriladi. Xudoning kuni ko'p. Bugun bo'lmasa, ertaga-da.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun avvaldan qolib ketgan zararli odatlarni tashlab, rosmana hayotga oshno tutishingiz talab etiladi. Uyqudan uyg'oniboq shu ishni boshlashingiz kerak. Pullaringiz bugun yetarli bo'ladi. Har qanday turdagi xaridlarni amalga oshira olasiz. Hatto, qimmatbaho buyumlar olsangiz ham pullaringiz qilt etmas darajada bo'ladi. Bunaqasiga odamzod kamdan-kam holatlarda duch keladi. Foydalanib qoling. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyuradi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

17 martda ishxonangizda zimmangizga yuklangan vazifalarni ko'ngildagidek ado etib rahbarlarning olqishlariga sazovor bo'lasiz. Ammo shaxsiy hayotingizda muammolar mavjud. Juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarni mustahkamlay olmay halok bo'lasiz. Xarakteringizni o'zgartirishingiz lozim bo'ladi shekilli. Kechki payt boshqa bir manzilga safar uyushtirasiz. Safar sizga haqiqiy ruhiy hashamatlar hadya etadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun tashqi qiyofangiz emas, ichki dunyongiz haqida ko'p o'ylashingiz zarur. Agar kimlardir yangi ishga joylashib, birinchi kuni ish boshlayotgan bo'lsa, nafaqat ichki dunyo, balki tashqi qiyofasiga ham alohida e'tibor qaratishlari tavsiya etiladi. Kiyadigan kiyimlargacha did bilan tanlang. Toki ilk ish kuningizdanoq hamkasblarni hayratda qoldira oling. Kechqurun yaqin do'stlardan biriga qo'ng'iroq qilishingiz kerak. U sizga muhim bir xabarni yetkazishi mumkin.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

17 mart kuni bajaradigan ishingizga qanchalar mas'uliyat bilan yondashsangiz, natijasi shuncha ijobiy kechadi. Hamkasblar bilan shaxsiy hayotga oid mavzuda kamroq suhbatlashing. Shunda ortingizdan g'iybat qiladiganlar bo'lmaydi. Muhabbatda nimalarnidir qo'ldan boy bergan bo'lsangiz, sira afsus chekmang. Ularni qaytadan qo'lga kiritish uchun intiling. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga ko'proq e'tibor qarating. Tuyg'ularingiz sofligini amalda isbotlang.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Bugungi ovqatlanish ratsioningizga salatlar, smetana va shu kabi foydali mahsulotlarni qo'shib olsangiz, sira kamlik ko'rmaysiz. Bahor ilik uzildi fasli. Ko'proq ko'katlar iste'moli tavsiya etiladi. Do'stlaringizdan biri aytmagan gapingizni aytdiga chiqarib sizga bo'hton yog'dirishi mumkin. Ranjimang. Arqonni uzun tashlab qo'ying. Bir kun albatta misi chiqadi. Kechqurun ba'zilarning xonadonida kichik oilaviy bayram tashkil etilishi kutiladi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

17 martda kuningiz bema'ni suhbatlar, yoqimli lahzalardan iborat bo'lishi kutilmoqda. Ularning barchasini hazm qilish og'ir albatta. Ustiga ustak ishxonangizda ham shunday holatlar kuzatiladi. Kunning ikkinchi yarmida muhim hujjatlar bilan ishlashingizga to'g'ri keladi. Bu ishda huquqshunos yordamisiz ijobiy natijaga erisha olmaysiz. O'zingizni ehtiyot qiling. To'g'ri ovqatlaning. Olloh sizga yor bo'lsin!

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...