Tezkor: YeVRO-2020 bu yil o'tkazilmaydi!

0
2020 yilda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Yevropa chempionati koronavirus xavfi tufayli 2021 yilga qoldirildi.

Bu xabarni shuningdek Norvegiya futbol federatsiyasi ham tasdiqladi.

Oldinroq, Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya va bir qator mamlakatlar chempionatlari to'xtatilgan edi.

Hozirgi vaqtga qadar koronavirusga 186,993 inson chalingan bo'lsa, ularning 7477 nafari vafot etgan.

Keyingi yilda bo'lib o'tadigan Yevropa chempionati o'yinlari yozda, aniqrog'i 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.

loading...