O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 18 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun kunning birinchi yarmida qaysidir ish bilan yo'lga otlanishingiz kutiladi. Hatto, yaqinlaringizni ham ogohlantirishga ulgurmasligingiz mumkin. Lekin tashvishlanishga hojat yo'q. Safardan ularga sovg'alar olib kelasiz. Shu bahonada moddiy ahvolingizni yaxshilab olasiz. Ishingizga oid yangi g'oyalar bo'lsa, hamkasblarga gullay ko'rmang. Ko'z tegadi. Tadbirkorlarning biznes rejasi huquqiy jihatdan pishmaganligi sababli yo'qqa chiqishi mumkin. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

18 mart kuni salomatligingiz a'lo darajada bo'lishiga qaramay, kayfiyatingizda pozitiv ko'zga tashlanmaydi. Yaqin kishingiz haqida qattiq qayg'urishingiz mumkin. Shuning oqibatida uydan tashqariga chiqqingiz ham kelmaydi. Dam oling, kayfiyatni joyiga keltiring. Hammasi o'tib ketadi. Emotsiya yetovida qolib ketmang. Muammolar bo'lsa o'z vaqtida bartaraf etiladi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Kunning birinchi yarmida kutilmaganda mukofot puli olishingiz mumkin. Rahbarlaringiz ishingizni yuqori baholaydi. Xursand bo'lavering. Kun davomida shokolad, gazlangan ichimliklar va chipslarni unuting. Ular sizga hech qachon foyda keltirmaydi. Bo'tqalar, tovuq sho'rva iste'mol qiling. Oshqozoningiz albatta mamnun tortadi. Ertalab badantarbiyani ham unutib qo'ymasligingiz tavsiya etiladi. Ayniqsa, bo'g'imlar og'rishidan bezovtalanayotganlar badantarbiyani o'tkazib yubormasliklari zarur.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

18 martda boshlagan ishlaringizni oxiriga yetkazishingiz so'raladi. Ayniqsa, bu ish moddiy ahvolingiz tez fursatda yaxshilanishi bilan bog'liq bo'lsa, ortga surish, cho'zish yaramaydi. Moliyaviy masala bulutsiz emas. Shuning uchun tezroq bu muammoni bartaraf etishingiz kerak. Qo'li egrilar bilan bahslashishdan tiyiling. Ular sizni ham haromning domiga tortib ketishi hech gap emas. O'zingizni ehtiyot qiling. To'g'ri ovqatlaning.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Ishxonangizda bugun shu qadar harakatchan, tashabbuskor xodimga aylanasizki, hamkasblardan tortib rahbarlargacha hayratdan yoqa ushlashi tayin. Xuddi shu xislat bilan uncha-muncha og'ir ishlarning ham dodini bera olasiz. Kun davomida elektron aloqa qutingizni ko'zdan o'tkazib turishni unutmang. Muhim xabar kelib tushishi mumkin. Balki muhim hujjatlar ham kelar. Ular yordamidagina oldinga intila olasiz. Ro'zg'oringizdagi barcha muammolar fantastik tezlikda ijobiy hal bo'ladi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

18 mart kuni ertalabdan eng jiddiy deb hisoblagan muammolarni bartaraf etasiz. Bugun har qanday turdagi uchrashuvga ham kechikmasdan borishingiz talab etiladi. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Tayyor turing. Yaqin insoningiz bilan munosabatlarda muammo bo'lmaydi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar muolaja olish vaqti yetganini unutib qo'ymasliklari kerak. Bugun atmosferada magnit bo'ronlari ham boshlanishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun asosan shaxsiy ishlar bilan band bo'lishingiz kerak. O'zgalar hayotiga zinhor aralasha ko'rmang. O'zingizda ham muammolar to'lib yotibdi. Kechqurunga biror ish yoki tadbirni rejalashtirmaganingiz ma'qul. Baribir xudoning aytgani bo'ladi. Vaziyatga bo'yin egishga majbur bo'lasiz. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshlardan biri qo'ng'iroq qiladi. Bu emotsional holatingizga qaysidir jihatdan ta'sir ko'rsatishi mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

18 martda kimlardir sizga serdaromad ishda hamkorlik taklif qilishi kutilmoqda. Aslida siz bunday tanaffuslarga tayyor emasdingiz. Ammo rozilik bildirishga majbursiz. Moddiy ahvolingiz shunga majbur etadi. Suyukli insoningiz bilan muloqotda faqat intuitsiyaga quloq tuting. Yurakka quloq tutsangiz, u aldab qo'yishi mumkin. Keyin o'zingiz qiynalib yurasiz. Moliyaviy ahvolingizni yaxshilash masalasi ijobiy, ortiqcha asabbuzarliklarsiz hal bo'lishi haqiqatga yaqin. Qachonlardir sizdan qarz olganlar qarzini qaytaradi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun oldindan nimani ko'nglingiz sezgan bo'lsa, o'sha narsa haq bo'lib chiqadi. Bu masalada ekstrasenslarni ham ortda qoldirasiz-ov! Faqat shaxsiy hayotingizda yoqimli lahzalar ko'zga tashlana qolmasligi yomon. Hayot yo'li notekisliklardan iborat-da. Chidaysiz. Yolg'izlar bugun kun davomida bo'lg'usi jufti bilan tanishsa, ishonib qolishga shoshilmasliklari zarur. U insonni avval yaxshilab o'rganishingiz lozim bo'ladi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

18 mart siz uchun asabiy o'tadi. Bir qator yoqimsiz uchrashuvlarni boshdan kechirasiz. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz nimanidir va'da qilib va'dasining ustidan chiqmasligi yana sizni asabiylashishga majbur etishi mumkin. Firibgarlar ham aynan bugun g'imirlab qolishadi. Tadbirkor bo'lsangiz, biror katta ishga pul tikishda nihoyatda ehtiyot bo'ling. Muhim hujjatlar bilan ishlashga to'g'ri kelsa, e'tiborli bo'ling.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Ertalab o'rningizdan qo'zg'algingiz kelmaydi. Nuqul uxlagingiz, dam olgingiz kelaveradi. Bir so'z bilan aytganda, dangasalik zabtiga oladi. Afsuski, dam olishga vaqt yo'q. Ishlaringiz boshingizdan oshib-toshib yotibdi. Oila qurmaganlar muhabbatda ayrim xatoliklarga yo'l qo'yishlari ehtimolga yaqin. Tirik odam xato qiladi-da. Shuni deb yonib-kuyishingiz tavsiya qilinmaydi. Kechqurun uzoq vaqt toza havoda piyoda sayr qilib yuring. Uxlashdan oldin sut iching. Tushlaringiz sutdek beg'ubor kechadi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

18 martda yolg'izlarning shaxsiy hayotida ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanadi. Siz bo'lg'usi juftingizni uchratish asnosida tanlash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Lekin bu masalada juda ehtiyotkorlik zarur. Hayot bilan o'ynashib, hazillashib bo'lmaydi. Arzimas xatolik ham butun umringizga tatishi hech gap emas. Muhabbatda fantastika, illyuziyadan nari bo'lsangizgina baxt topishingiz yengillashadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...