Bolaning so'nggi so'zi…

0

Bir namozni kanda qilmaydigan taqvodor bola sun'iy jonlantirish bo'limida jon berayotgan edi.

Doktorlardan biri bolaning boshi ustida engashib, sekin dedi:

– Ukajon, kalima keltir, jannatga tushasan!

Bola boshini qimirlatib qo'ydi, ammo kalimani aytmadi. Doktor endi qattiqroq, tanbex oxangida qaytardi:

– Uka, kalima keltir, dedim! Kimning oxirgi so'zlari “La ilaha illalloh” bo'lsa, unga do'zax harom bo'ladi, kalimani ayt!

Ko'zlari yumilib borayotgan bola yana boshini qimirlatdi, ammo yana biror

so'z aytmadi. Shunda doktor unga yalingandek, yolvorgandek murojaat qildi:

– Jon, uka, do'zahi bo'lib qolma, “La ilaha illalloh” degin!

Bola bor kuchini yig'ib, kalimani aytdi: – La ilaxa illallohu Muhammadur rosululloh!

Shundan so'ng bola oxista jon berdi.

Bu gapni eshitgan bolaning onasi faryod urib yig'ladi. Doktor bolaning onasidan so'radi: – Nima uchun bolangiz ikki marta so'raganimda kalima keltirmadi?

Bolaning onasi ko'z yoshlarini artib,

javob berdi:

– Chunki bolam soqov edi!

 

Manba: Muxlis.uz

loading...