MIBda majlisbozlik?! Kechirasiz, bugungi ogohlik choralarini kechiktirib bo'lmaydi!

0

Bugun, 18 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Ehtiyotkorlik choralari kuchaytirilayotgan bir paytda MIBda majlisbozlik davom etmoqda” nomli xabarlar tarqaldi. Xabarda Koronavirus sabab ehtiyotkorlik choralari kuchaytirilayotgan bir paytda Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi mahkamasi tomonidan yig'ilish qilinayotgani tanqidga olingan.

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2020 yilning 16 mart kuni Byuroning tuman va shahar bo'lim xodimlari ishtirokida videoselektor (masofadan turib) tarzida yig'ilish o'tkazilgan.

Mazkur tezkor yig'ilishda asosiy masala  —  joriy yilning 15 mart kuni O'zbekiston bosh vaziri A.Aripov ishtirokida koronavirus tarqalishining oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan choralarga bag'ishlagan matbuot anjumanidan kelib chiqib, hukumatimiz tomonidan bu borada belgilangan vazifalarni xodimlar e'tiboriga yetkazish, shuningdek, kunlik ish faoliyatini olib borishda, fuqarolar va xodimlarning muloqot xavfsizligi choralarini ko'rish, xodimlar tomonidan Koronavirus (COVID-19) infeksiyasidan saqlanish yuzasidan muhim profilaktika chora-tadbirlari muhokamasiga bag'ishlangan edi.

Yig'ilishda ko'rilishi lozim bo'lgan masalalarning dolzarbliligi va zudlikda xodimlar e'tiboriga yetkazilishi uchun soat 20:00ga belgilangan.

Hozirda boshqarma va tuman (shahar) bo'limlari tomonidan  Koronavirus infeksiyasidan saqlanish va bu borada qat'iy amal qilish lozim bo'lgan tavsiya, ko'rgazmali vositalar va choralar ko'rildi.

Bilamizki, MIB aholi bilan eng ko'p ishlaydigan soha xodimlari hisoblanadi. Ayniqsa, karantin vaqtida har birimizning sog'lig'imiz har qachongidan e'tiborli bo'lishimiz talab etiladi. Ana shularni hisobga olib xodimlarga muloqot va ish faoliyatida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan oddiy qoidalarga rioya qilish tushuntirilgan. Bu esa kechiktirib bo'lmaydigan ishdir.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi

 

loading...