Milliy gvardiya qo'mondonining o'rinbosari general-mayor Botir Tursunov lavozimidan ozod qilindi

0

Kecha, 16 mart kuni general-mayor Jo'rayev Rustam Mirzayevich O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni etib tayinlangan edi.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni general-polkovnik Toshmatov Bahodir Hamidovich boshqa lavozimga tayinlandi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonining birinchi o'rinbosari general-mayor Tursunov Botir Rajabovich ham boshqa lavozimga tayinlangani ma'lum qilindi.

Sobiq rahbarlarning aynan qanday lavozimlarni egallaganliklari haqida hozircha rasman ma'lumot berilmagan.

loading...