Toshkentda prokuratura xodimi mast holatda YTH sodir etgani aytilmoqda

0

Kecha, 17 mart sanasida tungi soat 03.00 da Toshkent shahrining Chilonzor tumanida «Lasetti» ishtirokida YTH sodir bo'ldi.

Poytaxt IIBBning xabar qilishicha, 27 yoshli Javohir Ya. “Lasetti” (davlat raqami 01 X 771 SA) avtomashinasida boshqaruvni yo'qotgan va temir to'siqqa borib urilgan. Natijada haydovchi shifoxonaga tan jarohatlari bilan yotqizilgan. IIBBning qo'shimcha qilishicha, avtomashinadan haydovchining hujjatlari topilmagan.

Kun.uz‘ning o'z manbalariga tayanib xabar berishicha avtomobilni boshqargan Javohir Ya. Uchtepa tuman prokuraturasi xodimi hiosblanadi. U avtomobilni boshqargan vaqtda mast holatda bo'lgani tahmin qilinmoqda. Voqea yuzasidan kun.uz tahririyati Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qilgan, lekin javob ololmagan.

loading...