O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 19 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

19 mart kuni asosan sukut saqlashingiz tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, ishxonangizda foyda beradi. Qandaydir g'alatomuz odam bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv barcha rejalaringizni o'zgartirishga majbur etishi mumkin. U odam hadeganda yo'lingizga g'ov bo'lib asabga tegishi mumkin. Lekin janjal ko'tarishni xayolingizga ham keltirmang. Janjal yaxshilik keltirmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To'g'ri ovqatlaning.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugun baxtli va tashvishsiz hayotga erishish yo'lida nima qilib bo'lmasin muammolardan nari bo'lishni istab qolasiz. Lekin bu amalni yastanib yotgancha ado etib bo'lmaydi. O'rningizdan turib harakatlar sodir eta boshlashingiz zarur. O'zingizga tegishli yuklarni birovning yelkasiga ilishdan nari bo'ling. Kunning ikkinchi yarmida do'stlaringizdan biri ajoyib bir voqeani aytib berib kayfiyatingizni ko'tarishi mumkin. Shu bahonada chalg'iysiz.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

19 martda ko'proq pul haqida o'ylaysiz. Aynan o'sha pul hayotga real, o'zingizga ishongan holda, xotirjam boqishingizga yordam beradi. Oladigan daromadingiz kayfiyatga ham, shaxsiy hayotga ham, hatto, sog'lig'ingizga ham ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Serqatnov yo'llarda hushyorlikni oshirishingiz talab etiladi. Kimlardir o'tmishdagi o'ziga yaqin bo'lgan bir insonni tasodifan uchratib qolishi kutiladi. Hoynahoy, u o'tmishdagi ilk muhabbatingiz bo'lsa kerak.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun iroda kuchingizni ishga soladigan kun. Ish qanchalar og'ir bo'lmasin, chidashingiz zarur. Sizga yordam beradiganlar topiladi. Sira tashvish chekmang. Ovqatlanishda ham ehtiyotkorlik bilan ish tuting. Shirinliklar, qovurilgan, dudlangan mahsulotlarni yeyishdan tiyiling. Oshqozoningiz ularni ko'ngildagidek hazm qila olmaydi. Rejimga amal qilmasangiz, salomatligingizda muammo chiqishi hech gap emas.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

19 mart kuni ishni sport va piyoda sayr bilan uyg'unlashtirsangiz, ziyon qilmasdi. Lekin me'yorni bilishingiz shart. Xaridlarni amalga oshirishda oldin mahsulotning narxini aniqlang. Ana shundan keyingina pul to'lashga oshifta bo'ling. Oilada yaqinlaringiz asabingizga tegadigan muzokaralarni boshlashi ehtimolga yaqin. Bu muzokaralarni boshqa kunga qoldirganingiz ma'qul. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Qaysidir masalada ikkilanishlar bo'lsa, shu masaladan xabardor odamlarga maslahat solganingiz durust. Buning uchun tortinib o'tirishning keragi yo'q. Bugun ish ko'p bo'ladi. Shuni hisobga oling. Moliyaviy muammolarni tijoratchi tanishlar yoki do'stlar yordamidagina bartaraf eta olasiz. Kunning ikkinchi yarmida biznesiga ega odamlardan kimdir sheriklik taklif etishi ham ehtimoldan xoli emas. Rozi bo'lmang. Biznes sizning ishingiz emas.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

19 martda hech narsaga vaqt yetkaza olmay halak bo'lasiz. Rejalaringiz shunchalar ko'pki, qay birini to'liq yakunlashga ham hayron bo'lasiz. Xizmat safarlari, uchrashuvlar, yolg'izlar uchun romantik uchrashuvlar hozir-u nozir bo'ladi. Yo'q, ularning birinigina tanlashingiz kerak. Aks holda ko'ngilsizliklar ko'ndalang turishi hech gap emas. Anchadan beri sizga bir ishda sherikchilik taklif etib kelayotgan inson bilan kunning ikkinchi yarmida suhbatlashasiz. Suhbat qiziqarli kechadi. Lekin aniq javob aytishga shoshilmang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun mayda-chuyda ishlar, hujjatlar va o'tmish xotiralariga ko'milishingiz kutilmoqda. Bu holatdan sizni chiqarib olish hech kimga nasib etmasligi mumkin. Toza havo esa chiqara oladi. Agar uzoq vaqt toza havoda piyoda sayr qilib yursangiz, chalg'iysiz. Ro'zg'ordagi muammolarni bir siltashda bartaraf eta olmaysiz. Ayniqsa, muammo ta'mir bilan bog'liq bo'lsa, ancha vaqt ajratishingiz zarur bo'ladi. Ammo bu ishni ham ortga sura ko'rmang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

19 mart kuni omadga erishish yoki erishmaslik o'z qo'lingizda bo'ladi. Agar qat'iyatli bo'lsangiz, kuzatuvchan odamga aylansangiz, omad uzoq kutdirmaydi. Uy ta'mirini mo'ljallaganlar oldin qurilish ashyolarini sotib olishi lozim. Keyinga suradigan bo'lsangiz, to qishga qadar ham vaqt ajrata olmay qiynalasiz. Pullar ham yo'nalishini o'zgartiraverib xit qilishi mumkin. Texnik ishlarda, elektr tokiga ishlovchi uskunalar bilan munosabatda ehtiyotkor bo'ling. Jarohat olishingiz xavfi bor.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun juda katta hajmdagi ishlarni ado etishingiz kutilmoqda. Bu ishlardan qochishga urinmang. Baribir uddasidan chiqa olmaysiz. Biling, o'sha ishlarni uddalay bilsangiz, mukofoti ham o'ziga yarasha bo'ladi. Agar anchadan beri mehnat ta'tiliga chiqishni mo'ljallab yurgan bo'lsangiz, rahbariyatga shipshiting. Ta'til sizga har jihatdan foyda beradi. Salomatligingizni ham shu bahonada tiklab olasiz. Kechqurun anchadan beri izlayotgan narsangizni topib olasiz.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

19 martda muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tug'ilsa, oldin obdon o'rganib chiqing. Kerak bo'lsa yuz martalab o'qib chiqing. Lekin xatoga yo'l qo'ymang. Ijod kishilari ham bugun asalari kabi ter to'kishlari kutilmoqda. Yangi loyihangiz tasdiqlandi. Endi uni hayotga tadbiq etsangiz bas. Ovqatlanish ratsioningizga kefir, tvorog va mevalarni ham albatta kiriting. Organizmingizdan oqsil va vitaminlarni darig' tutmang.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Kimlardandir, nimalardandir qattiq ranjigan bo'lsangiz ham oila a'zolaringizga, ayniqsa, yaqin insoningizga sezdirmasligingiz tavsiya etiladi. Baribir xudo va o'zingizdan bo'lak odam dardingizga malham bo'lmaydi. Yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qiling va shundan kerakli xulosalarni chiqaring. Agar imkoniyatingiz bo'lsa, tabiat qo'yniga chiqib dam oling. Salomatlikka yaxshi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...