Karantinda saqlanayotgan yurtdoshlarimizga qanday sharoit yaratib berilmoqda?

0
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2020 yil 15 mart kuni o'tkazilgan “O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha“ Respublika maxsus komissiyasi yig'ilishining 6-sonli bayonining 2020 yil 01-14/234-sonli bayonnomasi, 25-bandida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya epidemiologiya nazorat Davlat inspeksiyasiga berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati boshqarmasi Qibray tumani filiali quyidagilarni ma'lum qiladi.
Qibray tumanida joylashgan “Bo'ston“ va “Energetik“lar sihatgohlarida Janubiy Koreya va BAA davlatlaridan uchib kelgan o'zbekistonlik fuqarolar 14 kunlik muddatli karantinga joylashtirildi.
“Energetik“ sihatgohi 120 o'ringa mo'ljallangan. Joriy yilning 17 mart kuni tungi soat 23:10 da BAAdan 252 nafar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur sihatgohga 14 kunlik karantinga joylashtirildi. Sihatgohning umumiy hududi 6,2 gektar bo'lib, 2 ta korpus va 4 ta kottejdan iborat. Sovuq suv maxsus artskvajina, issiqlik ta'minoti esa mahalliy. Gaz ta'minoti va kanalizatsiya tizimlari markazlashgan.
2019 yilda sihatgoh kapital ta'mirdan chiqarilgan va “O'zbekgidroenergo“ AJga qarashli bo'lib, jami 50 ta yashash xonalari mavjud. Har bir yotoq xonalarida sanuzel, dush kabinalari bor, yumshoq va qattiq mebel to'plamlari, televizor, konditsioner hamda mini xolodilniklar bilan jihozlangan. O'rin-ko'rpa oqliklari va sochiqlar ta'minlangan. Har bir fuqaro uchun yashash maydoni 6,8 kv. metrni tashkil etadi. Barcha xonalar, sanuzellarning sanitar-texnik holati qoniqarli va jihozlar soz holatda.
Shuningdek, sihatgohning oshxonasi ma'muriy binoning 2-qavatida joylashgan va 140 nafar xo'randaga mo'ljallangan. 8 ta qo'l yuvish rakovinalari o'rnatilgan va ular soz holatda. Har bir rakovinalar bir martalik rulonli qo'l artish salfetkalari va suyuq sovunlar bilan ta'minlangan. Oshxonada barcha ishlab chiqarish sexlari (go'sht, sabzavot, qaynatish, idish yuvish, toza idishlarni saqlash, non kesish) ketma-ketlik oqimiga rioya etilgan holatda tashkillashtirilgan. Barcha texnologik jihozlar va ovqat tayyorlash jarayonida ishlatiladigan anjomlar yaroqli holatda va markirovkalangan hamda maqsadlari bo'yicha ishlatiladi. Bir kunlik taomlardan namunalar olinishi yo'lga qo'yilgan.
Sihatgohda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining epidemiologik osoyishtaligi va sihatgohning sanitar-gigienik, sanitar-texnik holati, sog'lom va sifatli ovqatlanish, amaldagi sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat va dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya epidemiologiya nazorat Davlat inspeksiyasining Toshkent viloyati boshqarmasi Qibray tumani filiali va Qibray tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari tomonidan o'rnatilgan tartibda nazoratga olingan.
Bu haqda Qibray tumani hokimligi axborot xizmati ma'lumot berdi.
loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here