O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 20 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

20 mart kuni kayfiyatingiz bayramona kechadi. Hatto, eng zerikarli ishlar ham sizga ilhom bera boshlaydi. Odamlar haqida faqat yaxshi gapiring. Aks holda katta janjalning sababchisiga aylanasiz. Shaxsiy hayotingizda yorqin bir hodisa sodir bo'ladiki, rejalaringizgacha o'zgarib ketishi mumkin. Yolg'izlardan kimlardir jiddiy munosabat yuritish haqida o'ylab qoladi. Demak, siz o'zingizga juft qidirishga tushasiz. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugun oilaviy byudjetingizni yana bir marta ko'zdan o'tkazib qo'yishingiz talab etiladi. Shu bahonada kelasi oy uchun xarajatlarni chamalab olasiz. Yo'q, inqirozga yuz tutishingiz xavfi sezilmaydi. Baribir hisob-kitobning o'rni boshqa-da. Surunkali xastalikka chalinganlar zudlik bilan vrach qabuliga borishlari zarur. Atmosferada magnit bo'ronlari quturgandan quturmoqda. Shu sababli o'zingizni yomon his eta boshlashingiz ehtimoldan xoli emas.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

20 martda mehnat ta'tili yaqinlashib kelishi esingizga tushadi-yu, ishga zo'r berasiz. Ta'til evaziga olinadigan pullarga nima xarid qilishni ham rejalashtirib bo'lgansiz hoynahoy. Shunday ekan, ish tanlab o'tirmang. Yuragingiz og'riy boshlasa, hadeganda aksa urayotgan bo'lsangiz, bo'g'imlarda og'riq kuchayib borsa, mutaxassisga uchrashing. Xalqona usullar sizga bu gal yordam bera olmaydi. O'zingizni ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugungi kun sizni o'zingiz istaganchalik darajada mamnun torttira olmaydi. Shuning uchun mo''jizalar kutishingiz tavsiya etilmaydi. Omadga faqat ish yuritishning eskicha usullari yordamidagina erishishingiz mumkin. Muhabbat bobida qalbingiz savollarga to'la bo'lsa, uni uzoqdan emas, qarshingizdan izlang. Siz o'tmishga boqqancha qolib ketgansiz xolos. Aslida esa bugungi kun bilan yashashingiz kerak. O'tmish bugungi kuningizdagi eng yorqin lahzalarga parda tortib qo'ygan.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

20 mart kuni odamlarga nisbatan rosmana munosabatlar bilan yondashishingiz talab etiladi. Shunda ular ham sizga yorqin munosabat yurita boshlaydi. Ishxonadagi yumushlarni jamoaviy tarzda amalga oshirishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun ishonchli hamkasblar yo'q emas. Tadbirkorlar hamkorlar yanada ko'payishi yo'lida ter to'kishlari zarur. Hamkorlar qancha ko'p bo'lsa, daromad ham shunga yarasha bo'ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Asabni asrang.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etishda oila a'zolaringiz va sizning orangizda bahslar kelib chiqishi kutiladi. Janjal chiqishiga aslo yo'l qo'ymang. Muammo har doim bo'lgan va bo'ladi. Xotirjamlikda ish tutsangiz, omad ham, salomatlik ham siz tomonda bo'ladi. Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanadi. Safar har doimgidek sizga moddiy manfaat keltiradi inshoolloh. Faqat serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qilsangiz bas. Qolganini omadga qo'yib beravering.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

20 mart ko'pchilik tarozi burji vakillari uchun uzoq kutilgan va qimmatli kunga aylanadi. Oila qurmaganlar bo'lg'usi juftini uchratadi va kelajak rejalar tuzishga kirishib ketadi. Tadbirkorlar bugun raqobatchilar tutgan ishni ko'rgach, hayratdan yoqa ushlashadi. Siz har doimgidek ular dushmanlik qiladi deb o'ylardingiz. Bugun esa aksi bo'lib chiqadi. Demak, yaxshi kunlarga nihoyat yetib kelibsiz. Omadingizni bersin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun chayon burji vakillari tanishuvlar, yorqin taassurotlarga boy bo'ladi. Ko'p ishladingiz. Endi ma'lum muddat miriqib dam olishga haqlisiz. Yolg'izlar kechki payt sobiq suyukli insonidan u qadar yoqimli bo'lmagan gaplarni eshitib tushkun kayfiyatda qolishlari mumkin. U sobiq bo'lsa ham sizga juda qadrdon edi. Uning haqida yuragingizda juda ko'p yorqin xotiralar saqlanib qolgan. Lekin emotsiyani nazoratda ushlang. U sho'ringizga sho'rva to'kishi hech gap emas.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

20 mart kuni shaxsiy avtomobili borlarga avtomobilni boshqarish umuman tavsiya etilmaydi. Kun xavfli tasodiflarga boy bo'ladi. Halokatga yuz tutishdan saqlaning. Agar qaergadir zudlik bilan borib kelishingiz zarurati tug'ilsa, birovning mashinasida borib kelsangiz ham bo'ladi. Yoki taksida boring. Bugun kunning ikkinchi yarmida xarajatlar ko'paygandan ko'payadi. Tejamkorlikka e'tibor qaratmasangiz bo'lmaydi. Yo'qsa, yaqin orada inqirozga yuz tutishingiz turgan gap.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun siz asosiy e'tiborni faqat moliyaviy masalaga qaratishingiz kerak. Mayli, eng zarur hisoblangan ishlar ado etilmasdan turib qolsin. Nima qilib bo'lmasin, moddiy ahvolingizni yaxshilab olishingiz shart. Qolaversa, tejamkorlik masalasiga ham e'tibor kerak. Moddiy ahvoli ko'taradiganlar oilaviy tarzda tabiat qo'yniga chiqib dam olsa ham yarashadi. Kechqurun ko'p odam yig'iladigan joylarga borishdan, mehmondorchiliklardan voz keching. Ular sizga yaxshilik keltirmaydi.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

20 martda ertalaboq sizga juda serdaromad bir ishda sherikchilik taklif etishadi. O'ylab o'tirishga vaqt yo'q. Darrov rozi bo'ling. Buning ustiga taklif kiritganlar sinalgan odamlar. Ular sizni hech qachon chuv tushirishmaydi. Afsuski, shaxsiy hayotda mayda bo'lsa-da, ko'ngilsizliklar chetlab o'tmoqchi emas. Ularni bardosh bilan yengib o'tishga majbursiz. Agar yolg'izlar tanlagani bilan munosabatlarga nuqta qo'ysa, bilingki, taqdiringiz boshqa inson bilan ekan.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Bugungi kuningiz sizga har jabhada g'alaba hadya etadi. Nihoyat siz ham hayotga real, optimist nazari bilan boqa boshlaysiz. Iloji boricha jamoangiz orasida ko'proq vaqt bo'lishga harakat qiling. Yolg'iz qolish sizga foyda keltirmaydi. Aksincha depressiyaga yetaklaydi. Salomatligingiz xususida hazil ketmaydi. Jiddiy munosabat yuriting. Ovqatlanishda pala-partishlikka yo'l qo'ymang. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o'tkazishingiz so'raladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here