O'zbekistonda yana besh nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

0

Fransiyada bo'lib qaytgan O'zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida avval xabar berilgandi.

Sog'liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabariga ko'ra, uning yana 3 nafar qarindoshida ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. 

Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni Istanbul – Toshkent yo'nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar va joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo'nalishidagi 201-reys bilan kelgan yana bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Har besh nafar fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo'lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi.

Eslatib o'tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

loading...