Endi yevropaliklar Afrikaga qochadimi?

0

Efiopiyaga kelgan italiyalik 35 sayyoh viza muddati tugaganiga qaramay, bu yerni tark etishni istamayapti. 24jours.com nashrining yozishicha, sayyohlar ayni paytda Yevropada koronavirus keng tarqaganini, Efiopiya esa bu jihatdan xavfsizroq ekanini bildirishgan.

Kardoz ismli sayoyh yuzaga kelgan vaziyat unga saboq bo'lganini, bundan buyon Italiyadan Afrikaga migrantlar kelishiga qarshi bo'lmasligini va uyining eshiklarini migrantlarga ochishini aytgan. 

Italiyalik sayyohlarning Efiopiyadan yurtiga qaytishni istamagani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda istehzolarga sabab bo'ldi: yaqin-yaqingacha afrikaliklar Italiyaga qochib borishni istar edi, endi esa teskarisi bo'lyapti.

Italiyada Covid-19 koronavirusiga chalinganlar soni 23 mingdan ortdi, Efiopiyadan esa infeksiya 5 kishida aniqlangan. 

azon.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here