Idlibda turk harbiylariga pistirmadan hujum uyushtirildi

0

Suriyaning Idlib viloyatidagi Mambal qishlog'ida noma'lum shaxslar turk harbiy karvoniga hujum qildi. Bu haqda Step News Agency o'zining Twitter-akkauntida xabar berdi.

Dastlab ikkita portlash sodir bo'ldi, so'ngra tomonlar o'rtasida o't ochildi. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, turk harbiylari orasida halok bo'lganlar haqida xabarlar mavjud, ammo ularning soni hozirda noma'lum. To'qnashuv joyiga Turkiya qurolli kuchlarining qo'shimcha kuchlari jalb qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, mart oyi boshida Rossiya va Turkiya prezidentlari Idlib deeskalatsiyasi zonasida sulh tuzish to'g'risidagi bitimni imzoladilar. Keyinchalik Suriya prezidenti Bashar Asad, agar AQSh va Turkiya harbiylari mamlakatni tark etmasa, Damashq kuch ishlatishi mumkinligini aytib o'tgandi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here