Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar 33 nafarga yetdi

0

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.

 

Eslatib o'tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Sog'liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

xs.uz

loading...