Mutaxassis izohi: «Butun dunyoda koronavirus kasalligi haqida tarqalayotgan ma'lumotlar qanchalik asosli?»

0

«Biz Xitoy davlatida vaziyat murakkablashgan kundan buyon axborot almashish tizimini yo'lga qo'yganmiz, – deydi Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov. – Ushbu ma'lumotlarni AQShdagi Jon Xopkins universitetidan olamiz. Ushbu ma'lumotlar har kuni ikki marotaba O'zbekistonga keladi va shu orqali dunyodagi ushbu kasallik bilan bog'liq vaziyatdan boxabar bo'lib turamiz va shunga monand choralarni ko'ramiz.

Xususan, 2020 yilning 20 martida soat 09:00 holatiga ko'ra, dunyoning 160dan ortiq davlatida ushbu kasallik aniqlangan va butun dunyoda ushbu kasallikka chalinganlar soni 244 mingga yetdi.

Kasallik avj olishi bo'yicha Italiya karvonboshilik qilmoqda. U yerda bir kunning o'zida 5300 dan ko'proq bemorlar aniqlangan. Undan keyin Germaniya, Ispaniya, Angliya davlatlari turibdi. Butun dunyo bo'yicha bir kunda 25 mingdan ziyod fuqaro ushbu kasallikka chalinmoqda».

Koronavirus Info

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here