Tokiodagi Olimpiada o'z vaqtida o'tkaziladimi? XOQ rahbari bayonot berdi

0

Butun dunyo bo'ylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tug'dirayotgan koronavirus pandemiyasi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Ammo, shu kunlarda ko'plab sport va madaniy tadbirlar bekor qilinayotgan bo'lsa-da Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarini o'z vaqtida o'tkazmoqchi. Bu haqda tashkilot rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Bayonotga ko'ra, bo'lajak Olimpiya o'yinlari belgilangan sanada o'tkaziladi, faqat bunda tashkiliy qo'mita 2 ta eng muhim shartga amal qiladi:

1. Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan har bir sportchi, delegatsiya a'zolarining xavfsizligini ta'minlash;

2. Olimpiya sport turlari va atletlar manfaatini himoya qilish.

“Ayni paytga kelib musobaqaning 57 foiz yo'llanmalari o'z egalarini topib bo'lgan va qolgan 43 foiz litsenziyalar taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Qo'lga kiritilgan kvotalar MOQ va sportchilar hisobida qoladi.

2. Rejalashtirilgan kvalifikatsion turnirlar har bir jamoa va sportchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yuzaga kelganida adolatli amalga oshiriladi.

3. Saralash tizimidagi har qanday o'zgarishlar quyidagilarga asoslanadi:

– Shu vaqtgacha bo'lgan natijalar (avvalgi ko'rsatkichlar, milliy federatsiyalar reytingi va hokazo);
– Mavjud tanlov tamoyillari (kontinental va mintaqaviy musobaqalar, qo'lga kiritilgan reytinglar va boshqalar). Qolgan kvotalar istisno holatlarida Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasining ko'rib chiqishi bilan taqsimlanishi mumkin.

Yuqorida keltirib o'tilgan tamoyillarga muvofiq milliy federatsiyalar har bir sport turining saralash tizimidagi kamchiliklari bo'yicha alohida takliflar kiritishi mumkin. Har qaysi o'zgarishlar (har bir sport turi uchun) 2020 yil aprel oyining boshigacha e'lon qilinadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

loading...