O'rta Chirchiq tumanidan o'tuvchi yo'lda Damas yonib ketdi

0

19 mart kuni Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani hududidan o'tuvchi Toshkent—Nurafshon avtomobil yo'lining 22-kilometrida Damas avtomobili yonib ketdi.

Soat 17:30 larda haydovchi B.A. boshqaruvida bo'lgan Damas rusumli transport vositasida yong'in sodir bo'lgan. Voqea joyiga o't o'chiruvchilar yetib kelgan va yong'in bartaraf etilgan.

«Yong'in natijasida tan jarohati olganlar yo'q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong'in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda», — deyiladi xabarda.

IIV YHXBB axborot xizmati

loading...