O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 21 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugungi kun bir umr xotirangizda qolishi aniq. Badavlat bir inson sizga katta bir ishda hamkorlik taklif etishi kutilmoqda. Agar shunday bo'lib chiqsa, pichog'ingiz moy ustida deyavering. U insonni tekshirib ko'rishni xayolingizga ham keltirmang. U bilan anchadan beri tanish chiqasiz. Yolg'izlardan kimdir ko'chada sobiq sevgilisini uchratib qolishi mumkin. Bu shaxsiy hayotingizdagi eng yorqin hodisa bo'lib qolishiga sira shubha yo'q. Balki o'tmishga qaytib ish ko'rish xayrli chiqar? Buni kelajak ko'rsatadi albatta.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

21 mart kuni ijodiy salohiyatingizni professional kasbingiz bilan bog'liq ishda namoyish etishingiz talab qilinadi. Shu narsa sizga yaqin kelajakda buyuk imkoniyatlar darvozasini ochib beradi. Sevishganlarning kuni tug'adi. Ular ham porloq hayot sari talpinib charchashmaydi. Kechqurun uydagi, ro'zg'ordagi ikir-chikirlar, muammolarni hal etishga harakat qiling. Ortga sursangiz keyin o'zingizga bosh og'riq bo'ladi. Toza havoda uzoq vaqt sayr qilib yuring.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Yangiliklar, mo''jizalar saroyining shundoq bo'sag'asida turibsiz. Ular nafaqat ish, balki shaxsiy hayotingizni ham bayramga aylantira oladi. Oila qurmagan bo'lsangiz, bugun tanlash imkoniyatlaringiz bisyor bo'ladi. O'z idealingizdagi insonni ular orasidan adashmasdan topa bilasiz. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlardan biri asabingizga o'ynashi mumkin. Moliyaviy masalada bo'lmag'ur gaplarni gapirsa kerak. E'tibor qilmang. Bugun moddiy ahvolingiz juda yaxshi holatda bo'ladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

21 martda muhabbat masalasini chetga sura turgan holda faqat ish haqida o'ylashingiz talab etiladi. Agar aldangan bo'lsangiz, sha'ningiz haqoratlangan bo'lsa ham chidashingizga to'g'ri keladi. Texnik ishlarni u qadar yaxshi bilmasangiz ham, baribir harakat qilishingiz zarur. Bugun qo'shimcha daromad keltiruvchi texnika bilan bog'liq ishni taklif qilishlari kutiladi. Oilalilardan kimdir jufti bilan janjallashib qolishi ehtimolga yaqin. Kechqurun yolg'iz qoling. Yolg'iz qolish ba'zida ruhan tetiklashishingizda yordam beradi.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Bugun arslon burji ostida tavallud topganlar ham quvonch, ham tashvishlar orasida bo'lishadi. Kayfiyatingizda pozitiv yetishmasligi kutiladi. Agar birinchi navbatda pul masalasi ko'ndalang tursa, xafaqonliklarni o'zingizdan nari haydab soling. Ko'proq pulga ega bo'lsangiz, ko'proq xaridlar qilasiz. Sportchilarni bugun adrenalin yetishmasdan xit qilishi mumkin. Shu sababli musobaqalarda ishtirok etsangiz, yoki mashg'ulot o'tashga oshifta bo'lsangiz, jarohat olishdan saqlaning.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

21 mart kuni dangasalik, erinchoqlik degan balolarni chetga surishingiz tavsiya qilinadi. Aks holda hamkasblaringiz siz oladigan mukofotni ham ilib ketadi. Ayollar va qizlar bugun vaqt topib tashqi qiyofasiga zeb berishsa ham ziyon qilmaydi. Bugun terini yoshartirish, soch turmagini o'zgartirish, yoga va oddiy sport turlari bilan shug'ullanish foydali kechadi. To'g'ri, buning uchun ancha-muncha pul sarflaysiz. Lekin ishlashdan maqsad ham shu-ku. To'g'ri emasmi?

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun rejalaringiz borki, barchasini jangovar holatga keltirib qo'yishingiz so'raladi. Aynan ular ishxonangizdagi martaba va lavozimingiz oshishini ta'minlaydi. Atrofdagilar bilan muloqotda o'zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Bo'lar-bo'lmas mavzudagi bahslar sizga naf keltirmaydi. Buning o'rniga faqat ziyon yetkazadi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizni ehtiyot qiling. Sizlar xuddi qo'sh kabutarlarga o'xshaysiz. Ishqilib ayriliq orangizga rahna solmasin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

21 mart siz uchun fikrlash va shubhalanishlar kuniga aylanadi. Kun davomida yoga bilan shug'ullaning, mashg'ulotlar zaliga boring, basseynda cho'miling. Barchasi salomatligingiz mustahkamlanishi uchun juda katta foyda beradi. Bugun xayolparastlarning ham omadi chopadi. Anchadan beri miyangizda saqlab kelgan orzulardan biri haqiqatga aylanadi. Moliyaviy sohada sabrli bo'lishingizga to'g'ri keladi. Boshqacharoq aytganda, boyib ham ketmaysiz, pulsiz ham qolmaysiz. Omad sizga yor bo'lsin!

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun siz birinchi navbatda uzoq vaqt toza havoda piyoda sayr qilishingiz kerak. Ofisdagi ish immunitetingizni tushirib yuborayotgani tayin. Toza havo bu muammoni ijobiy hal qilishda yordam beradi. Tadbirkorlar birdaniga bir nechta loyihani o'z foydasiga hal etish orqali yaxshigina daromad olishlari ehtimoldan xoli emas. Oddiy xodim bo'lib ishlaydiganlardan kimlardir lavozimi oshishiga shaxsan guvohlik qiladi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

21 mart kuni ishxonangizdan ertaroq ketish haqida o'ylamang. Sizdan tajribasi ko'proq hamkasblar ishingizdan nuqson topadigan bo'lsa, joyiga o'tqazib qo'ying. Bo'shashmang, ishdan qochmang. Hali pensiyaga chiqishingizga ancha bor. Hali qancha tog'lardan, dovonlardan oshib o'tishingiz kerak bo'ladi. Ko'pchilik bugun bahor kelishi munosabati bilan uy ta'mirini boshlab yuborishi kutilmoqda. Ammo ta'mirni professionallarga ishonsangiz yaxshi bo'lardi.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Hashamatni, qulaylikni o'zingiz uchun o'zingiz yaratasiz. Agar yarata bilsangiz, uzoq vaqt oshig'ingiz olchi bo'ladi. Kun mobaynida janjalli vaziyatlar, muammolar ko'p bo'ladi. Harakat zo'r bo'lsa, siz uchun ular chikora. Yolg'izlar uchun shaxsiy hayotini yo'lga qo'yish masalasida juda imkoniyat ko'p. Ular orasidan o'zingizga to'g'ri keladiganini tanlab olavering. Kechqurun kimlardir xizmat safariga otlanishi mumkin. Ishoning, safar romantik tarzda kechadi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

21 martda mehnat ta'tiliga chiqqanlar madaniy hordiq chiqarish uchun imkoniyatlar yaratib olsin. Lekin spirtli ichimlik, tashqarida ishqiy sarguzashtlarga berilish madaniy hordiq rejasiga kirmasligi kerak. Sog'lom turmush tarziga asoslanishi lozim. Kinoga, teatrga tushing. Ijod kishilarining ham bugun kuni tug'adi. Ilhom parilari faqat sizning yoningizda bo'ladi. Ajab emaski, bugun kechqurun muhabbat haqidagi yana bir buyuk asar dunyo yuzini ko'rsa.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here